Evolyutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari


Download 358.87 Kb.
bet3/11
Sana10.11.2023
Hajmi358.87 Kb.
#1762706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-семенар. през-я (2)

Xromosoma mutatsiyalari har bir organizm genomining bir butunligi turg`un bo`lmay, nisbiyligini isbotlaydi. Agar alohida genlar murakkab fenotipik belgilar rivojlanishini ta’minlashi e’tiborga olinsa, xromosoma mutatsiyalari juda katta o`zgarishlarga sabab bo`lishini ko`z oldimizga keltirish qiyin emas. Organizmlar genomini keskin o`zgarishlarga olib kelgan xromosoma mutatsiyalari ko`pincha gomozigota holatda letallik xossasiga ega bo`ladi. Geterozigota holatda esa letallik fenotip jihatdan ro`yobga chiqmaydi.

  • Xromosoma mutatsiyalari har bir organizm genomining bir butunligi turg`un bo`lmay, nisbiyligini isbotlaydi. Agar alohida genlar murakkab fenotipik belgilar rivojlanishini ta’minlashi e’tiborga olinsa, xromosoma mutatsiyalari juda katta o`zgarishlarga sabab bo`lishini ko`z oldimizga keltirish qiyin emas. Organizmlar genomini keskin o`zgarishlarga olib kelgan xromosoma mutatsiyalari ko`pincha gomozigota holatda letallik xossasiga ega bo`ladi. Geterozigota holatda esa letallik fenotip jihatdan ro`yobga chiqmaydi.
  • Resessiv gen mutatsiyalari, shuningdek, unchalik zararli bo`lmagan xromosoma mutatsiyalari geterozigota holatda tur ichidagi o`zgaruvchanlik uchun rezerv vazifasini o`taydi. Xromosomalar sonining o`zgarishi — genom mutatsiyasi ikki xil bo`ladi.
  • Poliploidiyada xromosomalar soni karra tartibda ortadi, natijada triploid (3n), tetraploid (4n), geksaploid (6n) kabi genom formalar hosil bo`ladi. Geteroploidiya yoki aneuploidiyada esa ayrim juft xromosomalarning soni ko`payadi yoki kamayadi.
  • Genetik materialning polimerlanishi sodda hayvonlar va o`simliklar evolyutsiyasida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Xromosomalar sonining ortishi bilan genetik axborot zapasi ham ortadi. Natijada gen va xromosoma mutatsiyalari ro`y bergan chog`da, ularning buzilish xillari kam bo`lib, qulayligi ko`payadi.
  • Keyingi vaqtlarda sitoplazmatik irsiylanishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Sitoplazmatik irsiylanishda ba’zi belgi-xossalar yadrodan tashqari, sitoplazma orqali bo`g`indan-bo`g`inga o`tadi. Sitoplazma komponentlari, mitoxondriyalar, plastidalar bilan bog`liq hususiyatlar organizm orqali nasldan-naslga o`tadi. Shu sababli sitoplazmatik mutatsiyalar evolyutsiya jarayonida ma’lum rol o`ynaydi.

Download 358.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling