Ko`pgina hayvonlar va o`simliklarning territorial alohidalanishi tur ichida o`rganiladi. Territorial alohidalanish ma’lum territoriyada tarqalgan turlarning rivojlanish tarixi bilan tushuntiriladi. To`rtlamchi davrda ro`y bergan muzlash - Ko`pgina hayvonlar va o`simliklarning territorial alohidalanishi tur ichida o`rganiladi. Territorial alohidalanish ma’lum territoriyada tarqalgan turlarning rivojlanish tarixi bilan tushuntiriladi. To`rtlamchi davrda ro`y bergan muzlash
- ko`pgina hayvon, o`simlik turlarining alohidalanishiga katta ta’sir ko`rsatgan. Hozirgi vaqtda inson faoliyati bilan bog`liq holda ayrim populyatsiyalarning territorial alohidalanishi amalga oshmoqda. Masalan, XX asrning boshlarida Yevrosiyoda suvsarlar tarqalgan areal qismlarga ajralib ketgan. Territorial alohidalanish kam harakatchan hayvon va o`simlik turlari ichida, ular ko`zga ko`rinarli tabiiy-geografik to`siqqa ega bo`lsa ham ro`y beradi. Chunonchi, Yevropa qismining markaziy rayonlarida tarqalgan oddiy bulbulni olsak, u hozirgi vaqtda odam yashamaydigan joylarda, yo`l chetlarda, parklarda, hatto katta shaharlarning hiyobonlarida in qo`yib bola ochmoqda. Oqibatda ularda ayrim belgilar soni o`zgarib bormoqda. Bunday o`zgaruvchanlikning vujudga kelishiga asosiy sabab, bulbul faslga qarab ko`chsada, yosh organizmlar voyaga yetgan joylariga in qo`yish uchun qaytishidir.
Territorial alohidalanish har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi (2-rasm). Suv muhiti quruqda yashaydigan turlarni, quruqlik muhiti esa gidrobiontlarni, tog`liq muhiti tekislikda, aksincha, tekislik muhiti tog`lik rayonlarda tarqalgan populyatsiyalarning alohida-alohida yashashiga sababchi bo`ladi. Ba’zan kelib chiqishiga ko`ra eng yaqin bo`lgan organizmlar o`zaro juftlashishi tufayli shu turga mansub boshqa organizmlardan ma’lum masofada uzoqlashib hayot kechiradi. - Territorial alohidalanish har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi (2-rasm). Suv muhiti quruqda yashaydigan turlarni, quruqlik muhiti esa gidrobiontlarni, tog`liq muhiti tekislikda, aksincha, tekislik muhiti tog`lik rayonlarda tarqalgan populyatsiyalarning alohida-alohida yashashiga sababchi bo`ladi. Ba’zan kelib chiqishiga ko`ra eng yaqin bo`lgan organizmlar o`zaro juftlashishi tufayli shu turga mansub boshqa organizmlardan ma’lum masofada uzoqlashib hayot kechiradi.
- Territorial alohidalanish organizmlarning individual aktivligiga uzviy bog`liq. Quruqlikda tarqalgan mollyuskalar individual aktivligining radiusi bir necha o`n metrga teng bo`lgani holda, churraklar individual aktivligining radiusi ming kilometrga yetadi.
- Biologik alohidalanish tur ichidagi individlarning jinsiy tomondan o`zaro farq qilishi bilan belgilanadi. Biologik alohidalanish ikki xil: chatishishni bartaraf etish bilan bog`liq hamda chatishishdan so`ng hosil bo`ladigan alohidalanishga bo`linadi. Biologik alohidalanishning birinchi xili, odatda, organizmlarning har xil vaqtdagi jinsiy aktivligi va jinsiy yetilishi bilan bog`liq. Bu hol yaqin formalarning qo`shilishiga to`sqinlik qiladi. Masalan, minogalarda va ba’zi losos baliqlarida «bahorgi va kuzgi» formalar jinsiy yetilish vaqti bilan farq qiladi, shunga o`xshash, o`simliklarda ham gullash muddatining farq qilishi yaqin formalarning chatishishi uchun biologik to`siq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |