Holat ravishi
Download 9.14 Kb.
|
17-DARS ravish
17-DARS 1-mashq. Holat va payt ravishlarini guruhlarga ajratib yozing. Ertalab, yayov, ochin-to`qin, oyda-yilda, jim, do'stona, astoydil, piyoda, hozir, birin-ketin, bafurja, saharlab, chindan, endi, so'ngra, to'satdan, hanuz, hozircha, birma-bir, arang, ilgari, dastlab, zo'rg'a, hamon, hamisha, eskicha, qahramonlarcha, bittalab, vijdonan, taxminan, qishin-yozin, botirlarcha, darrov, ertaga, chala-chulpa, naridan-beri, xomligicha, kecha, har gal, bekorga, yaqin, avvallari, uzoq, qisqacha, qo'qqisdan, hozirdan, hademay, yangicha, yonma yon, uzun-uzun, omon-eson, kecha-kundur, siyrak, har doim, har zamon, erta-indin 2-mashq. O'rin va daraja-miqdor ravishlarini guruhlarga ajratib yuzing Xiyla, ichkarida, tashqarida, orqada, mo'l behad, yuqorida, misqollab, nariroqda, sal. qittay, picha, yaqinda, g'oyat, xiyol, kam, talay, ancha, uzoqqa, pastda, ozgina, o'rtada uzoq, qisman, quyida, tezroq, to la, indin, dastlab, jinday, narida, ko'proq, berida, birpas 2021 Holat ravishi Paytravishi O'rin ravishi Daraja-miqdor ravishi VAZIFA 3-mashq. Ravishlarning tuzilishiga ko'ra turini aniqlang. G'olibona, ba'zi-ba'zida yayov, bekorga, kamdan-kam, to satdan, harbiychasiga, haftalab, bugun, hozir, olg'a, sekin, asta, eskicha, botirlarcha, birdan, biroz, tashqarida, shu onda, tiriklayin, ertalab, butunlay, tez orada, kechagiday, avvalgidek, shoirona, vijdonan, zo'rg'a yuzma-yuz, sal, ko p, ozgina, otalarcha yillah, toshkentchasiga, oqilona, qadrdonlarcha, hozircha, xomlayin, shunaqasiga, ruhan, avvallari, keyinroq, aybdorlarcha, mo'l, ispanchasiga ko'ndalangiga, indin, hozirda, chala-chulpa, qo'qqisdan, astoydil, shu yerda, taqqa, har gal, bu erda, ahyon-ahyonda, bugun-erta, birin-ketin, shartta, tappa, erta-kech, ko'plab, qisqacha, odatda, chindan, shu zahoti, oldinma-keyin, fidokorona, majburan, rasman, yashirin, ko`pincha, yaqin orada, soldatchasiga tez-tez 4-mashq. Ot va ravishni aniqlang. Yulduzcha, baliqcha, qisqacha, daftarcha, boshqacha, kitobcha, uycha, farg'onacha, eskicha, ro'molcha do konchu, o'zicha, supacha, kalitcha, yangicha, qushcha, filcha. 5-mashq. Ravish va ravishdoshni aniqlang. Izlab, terlab, ertalab, moylab, charaqlab, tuzlab, ishlab, ko`plab, yillab, misqollab, ifodalab, varaqlab yaraqlab, bittalab, yaxshilab, bog'lab, grammlab, so'zlab 6-mashq. Mustaqil so'z turkumlarini topib, sintaktik vazifasini aniqlang. 1.Bolalarga birin-ketin savol berar edim. 2.Men asta-sekin qo'shnimizning yutuq va kamchiliklarini bilib oldim. 3.Qizlar Risolat bilan qadrdonlarcha xayrlashdi. 4.Ota-bola anchagacha jim borar edi. 5.Bizning mardlar ko'kka parvoz qilmoqda. 6. Tog larda, adirlarda gullar qip-qizil bo'lib ochilmoqda. 7.Bo'ying sal cho'zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshiraman. 8.Hovlida yong'oq va terak yonma-yon o'sibdi. 9.Men bunga aslo shubha qilmayman. 10. Ko'p o'tmay hamma ichkariga taklif etildi. 11.Ular piyoda asta sekin o'rdaga bordilar. 12 Tushadiganlar oldinga o'tsin. 13. Bu ahmoq nimaga o'sha ishlarga aralashib yuribdi? 14. Hojimurod shoshib orqasiga burilgan edi, Nurmat tog a jerkib berdi. Download 9.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling