Sheriy tarjima ko’ngil ishi
Download 47.5 Kb.
|
amaliyot
Sheriy tarjima ko’ngil ishi Badiiy tarjima murakkab ijodiy jarayonni o`z ichiga qamrab oladi.Bu murakkablik,ayniqsa she`riy asarlar tarjimasida yaqqol namoyon bo`ladi.Shu bois biz mazkur soha vakillarini haqli ravishda shoir tarjimon deb ataymiz.Nasriy asrda syujet kompozitsiya voqealar rivoji va yechim bor.Bunda ustoz adib Asqad Muxtor ta`biri bilan aytganda,tarjimon chizmakash emas,rassomdek ijod qiladi va tarjimaning turli,jumladan,metonimik transformatsiya usullari,implitsit(yashirin) ma`nolarni exsplisit(mufassal) bayon qilish yo`llari orqali muallif fikrini kitobxonga aniqroq yetkazishga intiladi. Ammo to’rt satr she’rdagi ohang va lirik kechinmani o’quvchi qalbidan joy oladigan darajada tarjima qilish shoirona ilhom va mahoratni taqozo etadi. She’riy asar tarjimoni tarjimaning boshqa sohalari (ilmiy-texnikaviy, sinxron, axboto-analitik materiallar tarjimasi) bilan shug’ullanadigan, buyurtma asosida ish yuritadigan tarjimadan tubdan farq qiladi. Zero u she’rni qalban his eta oluvchi tug’ma iste’dod egasidir. Shu ma’noda she’rlarni buyurtma asosida tarjima qilish doim ham samarali natija bermasligi mumkin. Sababi she’riy tarjima ham she’r kabi ilhom kelganda asar tarjimonga kuchli ta’sir ko’rsatganda dunyoga keladi.Qo’liga buyurtma sherni olib tarjimaga kirishgan mutarjimning ishidir ijod zavqi emas,buyurtmani egasiga tezroq topshirish istagi ustivorlik qiladi fikrimizga dalil sifatida ayrim tarjima asarlarni misol sifatida keltirib tahlil qilishga urinib ko’raylik. O’zbek adabiyotiga tarjima ihlos mandlari tarjimon Qosim Mamurovning internetdagi shaxsiy blogida (http;//kosimamur.Blok spot.com)ijodiy ishlari bilan tanishishlari mumkin .Ustoz tarjimon har gal uchrashganda qo;limga yangi yangi ijod mahsullarini tutqazadi,o’qib chiqib fikrimni aytishimni so’raydi.Bular asosan,buyurtma tarjimalar bo’ladi.SHoirlarimizning o`z ishlarini chet elga targ`ib qilish ga bo`lgan ishtiyoqlari yaxshi,albatta.Ammo she`r tarjimasi ko`ngil ishi ekanligini tan olmay iloj yo`q.Zero,tarjion ko`nglig mos kelgan,ruhiyatiga tushgan she`rnigina ilhom bilan qayta yaratadi.Aksincha,belgilangan muddatda tugatilishi shart bo`lgan tarjimadan mutarjimzarracha ta`sirlanmasligi mumkin.Natijada tarjima quruq va shirasiz chiqadi.Q.Ma`murovning tarjimalarida ham asliyat ohangi va ruhiyatni saqlab qolgan professional ishlar bilan bir qatorda shunchaki taglamasifat chiqqan she`riy tarjimalar ham uchraydi.Ammo uning hazrat Alisher Navoiy ruboiylaridan qilgan inglizcha tarjimalarida sharqona ohang,ritm va qofiyalanish,ulug` shoir ijodiyotiga xos nuktapardozlik aniq aks etgan.Mana bir misol: Ko`z birla qoshing yaxshi,qabog`ing yaxshi, Yuz bila so`zing yaxshi,dudog`ing yaxshi, Eng birla menging yaxshi,saqog`ing yaxshi, Bir-bir ne deyin boshdin oyog`in yashi. Ushbu misralarni inglizchada Q.Ma`murov tarjimasida o`qiymiz. Your eyes and brows are good,eyelids are good, Your appearance are and words are good,your lips are good, Your cheeks with marks are good,chins are good, Shall I name one by one,you are good from head to foot. Asliyatdagi otlarning uyushib kelishi tarjimaga ham ko`chgan.Tarjimon radifdan oldin kelgan qofiyadosh qabog`ing ,dudog`ing,saqog`ing,ayog`ing so`zlarini ingliz tilida eyelids,lips,chins so`zlari bilan berib,o`zaro ohangdoshlik hosil qilishga intilgan va bunga erishgan .Tarjimada ruboiy ohanggi to’liq saqlab qolingan. Ingliz poeziyasida aruz bo`lmaganidek,o`zbek she`riyatida ham yamb yo`q.Bunday qaraganda ,yamb bilan aruz o`rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bir-biridan yiroq bo`lgan ikki sh`riy sistema va an`anani uyg`unlashtirishda tarjimon jur`at bilan qalam surgan.U ingliz yambiga asliyatdagi ixchamlik va emotsionallikni saqlay oladigan,yangi ohang beruvchi, radifli qofiya kiritgan.Natijada uchinchi—ona tili va xorijiy tildagi she`riy unsurlar birikuvidan iborat nazmiy mushtaraklik yuzaga kelgan. “O`pay”radifli ruboiy tarjimasini xam ohang va jarangdorligi jihatidan sharqona uslubning g’arbcha jarangi deyish mumkin: Dedim zaqaning tutub,saqog’ingni o’pay Ko’z-qoshingga surtubon qabog’ingni o’pay, Guldek yuzung islabon dudog’ingni o’pay, Yo’q, yo’q, yo’q,agar qesang ayog’ingni o’pay. Inglizcha tarjimasi I said,holding by your chin your cheeks I kiss, Licking your eyes with eyelids your brows I kiss Selling your rosy cheeks your lips I kiss If you say:No,No,No, your foot I kiss. Tarjima darajada aniq va tushunarli chiqqanki, inglizcha matndanoq Navoiy ohangi sezilib turadi.Oshiqning yor labi,yonoqlari ,ko’zu qoshlaridan o’pish orzusi va bu orzuga erisholmasa,hech bo’lmasa ,oyog’idan o’pish va yor vasliga qonish ilohiy va majoziy ishq savdosi dardiga malham bo’lishi ikkala matnda (asliyatda ham,tarjimada ham)birdek tiniq va chiroyli ifodalangan.Ruboiyda qo’llangan savol javob sanati ham tarjimada qayta yaratilgan. Men Qosim akadan qanday qilib ruboiy ritmikasini bu qadar nafis tarzda tarjimaga ko’chira oldingiz,deb so’raganimda ustoz Navoiy ruboiylaridan nihoyatda tasirlanganini aytdi.Shuningdek Q,Mamurovning sheriy asarni tarjima qiishda kichik siri ham bor ekan.”Navoiy ruboiylarini inglizchaga o’girishda,-deydi mutarjim –ruboiyni aruziy ohangda qoyillatib o’qib beradigan kishilarga murojat qilaman.Yonimdagi notiq asarni qayta-qayta o’qirgan men beixtiyor tarjimaga kirishib ketaman”. Shu o’rinda nemis tarjimoni Alfred Kurillaning Alisher Navoiy g’azallarini nemis tiliga o’girish uchun G’afur G’ulom xuzuriga borib,g’azallarni ohangi bilan o’qib berishini iltimos qilgani haqidagi naqllar yordamida tushadi.O’sha nemis tarjimonini ham so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy g’azallarini olmon tiliga o’girishga ko’ngli undagan bo’lsa,ne ajab. 2007yili “Sharq”nashriyotida chop etilgan “Tasbeh”(“Четки””Rosary”)to’plamida taniqli shoira Farida Afruzning o’zbek tilidagi uchliklari ingliz va rus tillaridagi tarjimalari bilan birga bosilgan.Farida Afruz bir suhbatida uchliklarni ingliz tiliga o’girgan Valentina Li va rus tiliga tarjima qilgan Ravilya Ablyuk soatlab muloqotda bo’lib,o’z fikrlarini aniqroq tushuntirishga xarakat qilganligini aytgandi.Shunday bo’lsada,buyurtma asosida ish ko’rgan mutarjimlarning risoladagidek tarjimasida yutuqlar bilan birga jiddiy kamchiliklar ham ko’zga tashlanadi.Mana bir misol: Sichqonku, iniga sig’maydi,aniq, Qiziq, unga g’alvir ne kerak!? Nahot, elab yeydi xaxor donini. Ushbu uchlikni B.Li ingliz tiliga quyidagicha o’girgan: This mouse will not fit into the burrow Interesting, why does it have a sieve? Probably it sieves and eats something stolen. (So’zma so’z tarjimasi : Bu sichqon iniga sig’maydi Qiziqarli, nega ynda g’alvir bor? Balkim u elaydi va o’g’irlangan nimanidir yeydi.) Uchlikning manosini to’la anglash uchun ingliz kitobxoni “Sichqon sig’mas iniga g’alvir bog’lar dumiga”maqolining mazmuni bilan tanish bo’lishi lozim.Bizda bu maqol holiga yarasha ish qilmaydigan ochko’z va kaltafahm kimsalarga nisbatan qo’llaniladi. Inglizlarda bu frazeologizmning analogi yo’q.Tarjimada ushbu holat butunlay nomuvofiqlik deb ataladi.Ushbu holatda frazeologizm manosi beriladi yohud so’zma-so’z tarjima qilinadi.Binobarin, bu maqol syujetidan badiy asarda foydalanilgan bo’lsa,uning tarjimasi biroz qiyinchilik tug’duradi.Buning birgina yo’li “sichqon”so’zida iqtibozda maqol sharxini ilova qilishdir.Ammo ingliz va rus tili tarjimonlari “o’zing top”qabilida bu izohni kitobxonlaridan darig’ tutganlar.Uchlikda o’zbek tilidagi harom so’zi ikki manoni anglatmoqda.Yani sichqon ucgun g’alvir “harom bo’lgan”-kirlangan donini elab tozalash uchun kerakmi?Shunday bo’lgan taqdirda ham uning doni toza bo’larmkan, ahir, don o’g’irlangan-ku!? Agar tarjimon bu so’zni ingliz tilida “dirty”(kir) tarzida bersa, bunda “harom”so’zning asosiy manosi edi.Shuning uchun tarjimon “stolen”-“o’g’irlangan”so’zini tanlaydi.Ammo bu kansepsiya (yo’qotish o’rnini qoplash)ham asliyatdagi so’z o’rnini to’la ochib bera olnagan.Shuningdek maskur tarjimada “Qiziq”so’zi “Interesting” deb berilgan bo’lib, misra mazmuniga ushbu so’z mos tushmagan. Chunki “Interesting”-qiziqarli deb tarjima qilinadi.SHoira esa “qiziq”deb aynan qiziqarlilikni nazarda tutmayapti,aksincha,o’z-o;ziga savol beriyapti, go’yo sichqonning “o’zini tutishi”dan xayratlaniyapti.”Qiziq” so’zining zamirida “Qiziq, nega shunday ekan?”,degan savol yashiringan.Shu o’rinda inglizchada “I wonder”(qiziqayapman)so’zi qo’llanilganda asliyat uslubi va ruhiyati tarjimada qayta yaratillar edi.Tarjimonlarning ishida shoira uslubining badiiyligini tushunmaslik sezilib turibdi. Shoira Xolbekovaning bugungi kunda o’zbsk shoirlari ijodidan ingliz tiliga qilayotgan tarjimalari esa,tarjimonning mutaxasis tilchi emas,balki sheriyat nozikliklari teran his eta oladigan shoira tarjimon ekanligi yaqqol sezilib turadi. Uning “Qalbim senga intiladi “(My soul strives you,”2011)nomli sheriy tarjimalari jamlangan to’plamiga kiritilgan sherni tahlilga tortsak.Shoira Xurshidabonu qalamiga mansub ushbu sher tajimasi shu qadar nafis chiqqanki, nazarimda, butarjimga bu sher asliyati ilhom bag’ishlagani sezilib turadi: Ayo dil qushlarim,qaytingiz yo’ldan Vayo olib keting umidim tildan! Bino bo'lganman-ku,bor yog’u gilda, Samo quchog’ingda nima bor menga? Dunyo kulavermang hadeb holimga, Biryon etma quloq tutmang nolamga- O’tqo’yib ketaman butun olamga, Cho`g`sis o`chog`inda nima bor menga? Begoyim Xolbekova tarjimasi: Oh, my soul birds, return back please
(so`zma-so`z tarjimasi: Oh qalbim qushlari, qayting iltimos Yoki umidlarimni yuragimdan olib keting! Men tuproqdan yaralganman, men uning bo`lagiman, Men nima qilay samo ayt, sening yuragingda? Dunyo tingla mening g`amgin qo`shig`imni, Mening ustimdan kulma- Kuylayotgan tilimni bog`laymi? Sevgisiz qanday yashay olaman?) Asliyatdagi a-a-a-b ko`rinishidagi qofiyalanishidagi qofiyalanish tarjimaga a-b-a-b ko`rinishida ko`chgan. Tarjimon B. Holbekova shoira Hurshidaning lirik kechinmalarini tarjimada aniq ifodalab berishga erishgan. Mutarjim she’riy ta’sirchanlikni saqlab qolishni ekvivalentlikning bosh maqsadi qilib olgan. Masalan: “Bino bo’lganman-ku boriyo’g’i yilda”, misrasi tarjimasida mutarjim misradagi asosiy urg’u qaratilayotgan “bor yo’g’i” so’zini ingilizchada faqatgina “only”, deb berishi ham mumkun edi. U holda bu so’z birinchi misradagi “please” so’ziga qofiyadosh bo’lmas edi. Shu maqsadda tarjimon ushbu misrani “I was made of soil, I’m it’s piece”, -“men loydan yaratilganman”, deb tarjima qilinadi. Bu usul orqali qofiyadoshlik saqlanibgina qolmay, “bor yo’g’i” so’zi bilan bog’liq poitik ta’sirchanlik ham ko’chib o’tadi. Ikkinchi to’rtlikdagi: “Dunyo kulaverma ha deb xolimga, Biryon etma quloq tutmay nolamga.” Misralarini tarjima qilar ekan, mutarjim badiiy tarjimaning tarjimaning “Anato’mik tarjima” trnasformatsiyasini mahorat bilan qo’llaydi: “The world lissen to my bouruful song Do no’t laugh at me” (so’zma- so’z tarjimasi: Dunyo mening dardli qo’shig’imni tinla, Mening ustimdan kulma). O’zbekcha “dunyo kulaverma” konstruksiyasining “The world lissen to my bouruful song”-“dunyo merning dardli qo`shig`imni tingla” den antonimik o`girilishi ingliz tilida o`qishli, ta`sirchan chiqqan. Shuningdek, frazeologik xarakterdagi “ cho`g`siz o`chog`ingda nima bor menga ?” misrasini aniqlashtirib mazmunga zarracha putur yetkazmagan holda –“ how can I live without love” (sevgisiz qanday yashashim mumkin.), deb tarjima qiladi. Ingliz kitobxoni uchun aynan shunday yechim maqbul, albatta. Sher tajimasi –ko`ngil ishi. Ba`zan o`zim raxbarlik qilayotgan “yosh tarjimonlar maktabi” da sheriy tarjimaga ishtiyoqi baland talaba yigit qizlar mendan o`zbek sheriyatidan kimning sherlarini inglizchaga o`girsam ma`qul, deb so`rab qolishadi. Men ularga: ko`nglingiz buyurgan, sizni to`lqinlantirgan sherni o`giring, deb Aytaman. Sababi, tarji9ma ilhom bilan bog`liq, ilhom esa ko`ngil iyganda keladi. Gulnoza Odilova filologiya fanlari nomzodi. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling