Evolyutsiya nazariyasi


Download 0.85 Mb.
bet1/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1263342
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malika evolutsiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI 4-KURS 408-GURUH TALABASI
ABDUMANNONOVA MALIKANING
“EVOLYUTSIYA NAZARIYASI” FANIDAN
 
MAVZU; TRANSFORMIZM BILAN KREATSIONIZM O‘RTASIDAGI KURASH.
 
TOSHKENT-2023
REJA;
1.Kirish.
2,Transformizm g‘oyaiarinmg paydo bo‘lishi.
3. Transformizm.
4. Kreatsionizm.
5. Kyuvening qiyosiy anatomiya va paleontologiyadagi ishlari.
6.Hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligi haqida e.sent-iler
7. Evolyutsion ta'limot va kreatsionizmni tanqid qilish.
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati.
KIRISH.
Biologik evolyutsiya-bu yovvoyi tabiatning qaytarilmas yo'naltirilgan tarixiy rivojlanishi. Boshqacha qilib aytganda, biologik evolyutsiya deganda tirik mavjudotlarni tashkil etishning barcha darajalarida tirik shakllarning adaptiv tarixiy rivojlanishi jarayoni tushunilishi kerak.
Qadimgi yunon faylasufi Empedokl (miloddan avvalgi 490-430) mifogen evolyutsiya nazariyasini yaratdi. Empedokl organik mavjudotlarning paydo bo'lishini tasodif deb tasavvur qildi: "a'zolar voqea sodir bo'lganda birlashdilar", garchi ko'plab tasodifiy birikmalar — "bo'yin va magistralsiz boshlar", "yuzsiz ko'zlar", "ho'kiz boshli inson tanalari" — davom etmaydi. Bunday tushuncha, shuningdek, unchalik mukammal bo'lmagan mavjudotlar (o'simliklardan hayvonlargacha) paydo bo'lishidan oldin, selektsiya va evolyutsiya nazariyasini oldindan bilish edi. Empedokl o'z asarlarida "sochlar, qushlarning qo'pol patlari, turli xil odamlarda o'sadigan tarozilar bir xil" ekanligini ta'kidlab, ko'p asrlar o'tgach qiyosiy morfologiya qurilgan g'oyalarni ifoda etdi.
(https://foxford.ru/wiki/biologiya/dodarvinovskiy-period-razvitiya-evolyutsionnogo-ucheniya )
TRANSFORMIZM G‘OYAIARINMG PAYDO BO‘LISHI.
Morfologiya, qiyosiy anatomiya, embriologiya, fiziologiya va sistematika fanlarining rivojlanishi tufayli XVII asr oxirida tabiyot fanida to’plangan juda ko‘p dalillar, turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oya noto‘g‘ri ekanligini tasdiqladi. Buning natijasida XVIII asrda o‘simliklar bilan hayvonlar turi o'zgarishi mumkin, deb ta’kidlaydigan transformizm g'oyasi paydo bo‘ldi. Transformizm bu haqiqiy evolyutsion ta’limot bo‘lmay, uning boshlang'ichidir. Chunki u bir tur ikkinchi turga aylanishi haqidagi g‘oyani himoya qilsada, biroq bu jarayonning barcha omil va sabablarini chuqur o'rganmagan. Transformizm oqimini rivojlantirishda va kreasionizmga qarshi kurashda rus olimlari М.V. Lomonosov, К. T. Volf, A. N. Radishchev va fransuz olimi J. Byuffon ham da XVII asr fransuz materialistlari D. Didro, P.Golbax, K.Gelvetsiy, J.Lam ettrilar muhim rol o ‘ynadi. М. V. Lomonosov (1711 — 1765) rus tabiatshunoslari orasida birinchi bo‘lib, moddalar doimo harakatda, o‘zgarishda deb tasavvur qilgan. Lomonosov barcha borliq asosida m ateriya yotadi, uning asosiy xossalaridan biri harakatdir, materiya bilan harakat bir-biridan ajralmas, deb uqtirgan. U geologiyaga doir asarlarida transformistik g'oyalarni, ayniqsa, yaxshi ifodalaydi. Lomonosov qazilma holdagi organizm larning toshga aylangan qoldiqlari topilishi qachonlardir yer yuzida sodir bo'lgan halokatlardan dalolat beradi, degan o‘sha davrda hukmronlik qilgan fikrga qarshi turdi.
U organizmlar ilgari ham hozirgiga o‘xshash suv toshqini, yer qimirlashi tufayli nobud bo‘lishini, ularning yoshini yer qatlamlariga qarab aniqlash mumkinligini, o ‘simliklar qoldig‘ining chirishi natijasida torf, toshko‘mir hosil bolganligini qayd qildi. Transformizm oqimi rus olimi Kaspar Volf (1733—1794) ijodida yanada rivojlantirildi. Volf o‘sha davrda keng tarqalgan organik formalar o'zgarmas, rivojlanish faqat o‘sish, miqdor o‘zgarishlaridan iborat, degan g‘oyalarga qarshi chiqdi. U o‘simliklar bargi, guli, mevasi, urug‘i va boshqa organlarining rivojlanishini mikroskopda o‘rganib, ularning hammasi juda oddiy tuzilgan differensiyalanmagan pufakchalar — «sharchalarga» ega do‘ngliklardan hosil bolganligini, binobarin, organlar oldindan shakllanmaganligini (ta'kidlaydi. U jo‘janing rivojlanishini o‘rganib, tuxum- da hech qanday tayyor organ yo‘qligini, u asta-sekin rivojlanishini, masalan, dastlabki ichak oldin plastinka, so‘ng tarnov va nihoyat nay shaklida bolishini, nayga o'xshash qismlardan jigar va ovqat hazm qilish organlari rivojlanishini ta’kidlaydi. Nerv sistemasi ham oldin oddiy plastinka, keyin nerv nayini va nihoyat miya pufakchalarini — bolajak miya asosini hosil qiladi. O‘z kuzatishlariga asoslangan Volf preformlistlar fikri tamomila asossiz, degan xulosaga keldi va epigenez nazariyasini e’lon qildi. U epigenez nazariyasini organizmlarning faqat shaxsiy rivojlanishiga emas, balki tarixiy rivojlanishiga ham tatbiq etdi hamda tabiat doim o‘zgarishda, rivojlanishda ekanligini tan oldi. Oziq, yoruglik, harorat, havo, namlik esa o'zgaruvchanlik sabablari ekanligini ta’kidladi. Masalan, Peterburgdan Sibirga ko‘chirilgan o'simliklar tanib bo’lmas darajada o‘zgarishini, ular janubga ko'chirilganda Sibir o‘simliklariga ham , Peterburg o‘simliklariga ham o’xshamasligini, o'simliklar tabiiy sharoitdan dala, bog‘ sharoitiga ko‘chirilganda ham yangi turlar hosil bolishini qayd etdi.
Fransuz tabiatshunoslaridan Jorj Byuffon (1707—1788) transformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimlar qatoriga kiradi. U o’z asarlarida tabiyotshunoslikning eng murakkab va dolzarb masalalarini, chunonchi, koinot, yer tarixi, hayot paydo bolishi, rivojlanishi, tabiatda o‘simliklar va hayvonot olamining taqdiri, odamning tabiatdagi o‘rni kabi masalalarni diqqat markazida tutadi. Byuffon taxminiga ko‘ra, Quyoshdan ajralgan cho'g’ holdagi moddadan yer paydo bo‘lgan. So'ngra u asta-sekin sovigan. Sovish qutblarda tezroq ro’y bergan. Sovish tufayli bug' quyuqlashib, suvga aylangan va jala tarzida yog'ilgan. Hayot dastlab anorganik tabiatdan hosil bo‘lib, organik molekulalardan mayda tirik moddalar tashkil topgan. Xuddi shu yo‘l bilan quruqlikda ham tuzilish darajasi har-xil bo’lgan organizmlar rivojlangan. U yerning turli tarixiy davrlarda o’zgarishida, qit’alar shakllanishida suvning rolini, yer po'stlog’ining o'zgarishida daryolar, shamol, toshqin va suvlarning ahamiyatini ko‘rsatdi. Uning asarlarida tabiatning bir butunligi haqidagi fikrlar targ‘ib qilindi. Byuffonning yer tarixi, o’simliklar bilan hayvonlarning o’zgarishi to'g'risidagi qarashlari o’sha davrda juda ilg‘or bo‘lib, hukmron teleologik dunyoqarashga tamomila qarama-qarshi edi. Shu sababli ham Fransiya Fanlar Akademiyasi Byuffon ta’limotini bemani deb topdi va uning asarlarini yondirib yuborishga farmon berdi Byuffon esa omma oldida o’zining ilg'or fikrlaridan voz kechishga majbur bo‘ldi.
(evolyutsion_ta'limot_g'ofurov_a_t_fayzullayev_s_s_.pdf 28-34-betlar.)

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling