Evtanaziya grekcha: ευ- „yaxshi“ + θάνατος „o‘lim baxtli, azobsiz
Download 27.5 Kb.
|
ochilova zamira
integral .
Hukumat onkologik xizmat va onkologik bemorlarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi, shuningdek nuklear tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Ma'lumot uchun: nuklear tibbiyot – bu inson organlari funksiyalarining biologik yoki patologik o‘zgarishlari, buzilishlarini aniqlash uchun turli radioizotoplarni qo‘llashga asoslangan zamonaviy tibbiyotning tez rivojlanib borayotgan tarmog‘i. Aksariyat hollarda, radioavtiv izotoplar yordamida inson organizmidagi o‘zgarishlar radiologik tadqiqotlarning boshqa usullariga nisbatan ertaroq aniqlanadi. Norma’ning yozishicha, quyidagilar konsepsiyani amalga oshirish doirasida asosiy yo‘nalishlar va vazifalar etib belgilandi:
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filiallarining mavjud quvvatlari doirasida 20 tacha o‘ringa mo‘ljallangan palliativ tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari tashkil qilinadi. Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarni optimallashtirish davomida tugatiladigan tibbiyot muassasalari yoki bo‘linmalari negizida 50 tadan o‘ringa mo‘ljallangan mahalliy hududlararo xospis ochiladi. Toshkent shahridagi xospis respublikadagi hududlararo xospislarga yordam ko‘rsatuvchi uslubiy markaz etib belgilandi.
Markaz muvofiqlashtirish-uslubiy ishlarni hamda onkologik kasalliklarning oldini olish va skrining tekshiruvlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar haqida axborot bazasini shakllantirish, epidemiologik vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha samarali dasturlar ishlab chiqilishini ta'minlaydi. Shuningdek, Markaz tegishli sohada ilmiy xodimlarni tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, klinik onkologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yishdi:
Moliya vazirligiga Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hujjatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun har yili zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutish topshirildi. Portugaliya parlamenti evtanaziyani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi. 136 kishi qonun loyihasiga ovoz berdi, 78 kishi qarshi chiqdi va to‘rt kishi betaraf qoldi. Evtanaziyani Portugaliyaning voyaga etgan fuqarosi yoki mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lgan, oxirgi bosqich kasalligi bo‘lgan yoki chidab bo‘lmas og‘riq bilan og‘rigan odam so‘rashi mumkin. Endi qonun loyihasini mamlakat prezidenti Marselo Rebelo di Sousa tasdiqlashi kerak. Prezident veto qo‘yishi yoki qonun loyihasini Konstitutsiyaviy sudga taqdim etishi mumkin, ammo agar u uni maʼqullasa, Portugaliya Evtanaziyaga yo‘l qo‘ygan Yevropada 5-va dunyoda 8-davlatga aylanadi. Bu nima – insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu “jarayonni” amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardir. Chidab bo‘lmas azoblar va kasallikning terminal bosqichlari – evtanaziya jarayoniga ruxsat berilgan aksariyat davlatlarda asosiy sabablar xuddi shulardan iborat. Masalaning axloq va diniy jihatlari borasidagi bahslar tinmayotgan bo‘lsada, ammo bemor o‘lish huquqini tanlashga haqliligini tobora ko‘proq davlatlar tan olmoqda. Bu nima – insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu “jarayonni” amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardan bo‘lsa kerak. Shu tariqa, Portugaliya yaqin ikki yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan Yevropa Ittifoqining beshinchi mamlakati bo‘lishi mumkin. Hozirda evtanaziyaga Niderlandlarda, Belgiyada, Lyuksemburgda va Germaniyada ruxsat berilgan. Shveysariyaning Syurixida jarayon 1941 yildan o‘tkazib kelinadi. Boshqa mintaqalar va qitʼalarga keladigan bo‘lsak, azob chekayotgan insonlarga bu dunyoni qachon tarq etish borasida tanlash huquqini beradigan davlatlar unchalik ko‘p emas: bu Yangi Zelandiya, Kanada, Kolumbiya va Avstraliya. Isroil, Shvetsiya va Meksikada faqatgina muayyan holatlarda ruxsat beriladi. Belgiyada esa 2002 yildan kuchga kirgan bu qonunchilik insonni yoshidan qatʼiy nazar o‘tkazilishi mumkin. AQShda evtanaziya 2015 yili 4 shtatlarda ruxsat berilgan bo‘lsa hozirga kelib sakkizta shtatlarda qonuniylashtirilgan va evtanaziya o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs jarayonni boshlashni 2 marotaba so‘rashi kerak bo‘ladi. Yana «antievtanaziya» atamasi ham mavjud. Bu holatda barcha vositalardan foydalanib, qanday bo’masin bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi. Tasavvur qilaylik, ertaga evtanaziyani tan olishni ruxsat etuvchi qonun chiqdi. Shu zahoti qator muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni: 1. Evtanaziyani kim o'tkazadi? Bu ish uni amalga oshirishni istamaydigan shifokor zimmasiga yuklatilsachi? 2. Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning hayotini saqlab qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko'rina boshlaydi. 3. Shu bilan birga, qarindoshlarning befarqligi, bemorga uy sharoitida qaray olmasliklari sababli yoki har qanday to’lovga rozi bo'luvchi. uning o'limidan manfaat topuvchilar uchun yo'l ochiladi. Tibbiyot xodimlarining evtanaziyadan o'z manfaatlari uchun foydalanish holatlari paydo bo'la boshlaydi. Evtanaziya yordamida ba'zi jinoyatchi guruhlar o'zlariga xalaqit berayotgan odamdan qutulish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. Shuningdek, transplantatsiya maqsadida (organlar kerak bo'lib qolganda) evtanaziya yordamida odamdan qutulishning qo'shimcha imkoniyatlari paydo bo’ladi. 4. Qiziq, hozirgi sharoitda evtanaziya muammosini qanday yechish mumkin? Qachonki, bemorlar dori vositalari va davolash asboblari yo'qligi natijasida o'lib ketayotgan bo'lsa. Aftidan shu sabab bo'yicha ham evtanaziyani tez-tez qo'llashga imkoniyat yaratilganga o'xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo bo'Iadi: 1. Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma'naviy jihatdan haqlimi? 2. Bungungi kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi? Bu savollarga javob bermoq uchun boshqa mamlakatlarning tajribalarini o’rganish, tib an'analarini ko'zda tutish, tib bioetikasi masalasini, deontologiya, yuridik huquqlar, psixologiya va nihoyat, bemorlar, ularning qarndoshlari va jamoat fikrlarini bilish, ularni izchil o'rganish zarur. Shulardan keyingina ehtiyotkorlik, sinchkovlik bilan evtanaziya muammosini baholash mumkin. Lekin nima bo’lganda ham shifokor qasamiga sodiq qolishi va bemorning hayotini saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi kerak. Bemorning hayotdan ongli ravishda ko'z yumishi hech qachon rahm-shafqat yuzasidan qilingan ish deb baholanmaydi. 1950 yilda AQShda: «Bemorning xohishi va qarindoshlari ruxsatiga ko'ra og'riqsiz vositalar bilan o'limni tezlatish kerakmi?» - degan savolga 36%, 1973 yilda esa 50% ijobiy javob olingan. Bugun Gollandiya dunyo bo’yicha «evtanaziya muolajasini» qonunlashtirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, har yili 4 mingga yaqin bemor evtanaziyani tanlar ekan. Bizningcha, qaltis va nozik masalaga shifokorlik deonotologiyasi nuqtai nazaridan rad javobini berish kerak. Buqrot asarlaridan biriga «O’ldirma» degan naqlni epigraf qilib olgan. U: «Men shifokorlik faoliyatimda bemorning o'limiga sabab bo'ladigan biron bir dorini ishlatmaslikka qasam ichaman», -degan. Xuddi shu orinda hazrat Alisher Navoiyning «Tabib jallod emas», degan iborasini eslash kifoyadir. Foydalanilgan Adabiyotlar Bioetika (Muhammedov) Jahon sog’liqni saqlash tiziming rasmiy sayti( www.healthcommunity.com) Xalqaro tibbiyot fanlari tashkilotlari kengashi. (2016). Inson salomatligi bilan bog'liq tadqiqotlar uchun xalqaro axloqiy ko'rsatmalar. 2020 yil 4 aprelda olingan: cioms.ch Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti., Panamerika sog'liqni saqlash tashkiloti. (2011). Odamlar bilan sog'liqni saqlash tadqiqotlarini axloqiy tahlil qilish bo'yicha ko'rsatmalar va operatsion qo'llanmalar. 2020 yil 4-aprel kuni paho.org saytidan olindi Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling