Evtanaziya muammolari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
EVTANAZIYA MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol evatanaziya
- Passiv evtanaziya
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Evtanaziya (grekcha: ευ- „yaxshi“ + άνατος „o‘lim" baxtli, azobsiz o‘lim) — turli harakatlar yoki qurollar bilan bemorning hayotini sun'iy yo'l bilan ushlab turgan qurilmalar ishini to‘xtatish orqali bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Ko‘p hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar bemor og‘ir ahvolda bo‘lsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga ko‘p davlatlarda ruxsat bor. O‘zbekistonda evtanaziya qo‘llash ta’qiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etyapti. Evtanaziya atamasini birinchi bo‘lib XXI asrda faylasuf Frensis Bekon fanga olib kirgan. Uning ta'rifi bo‘yicha "evtanaziya" — o‘limni osonlik bilan shakllantirish. Evtanaziyaning ikki xil turi farqlanadi. U faol va passiv evatanaziyadir. Faol evatanaziya — ahvoli og‘ir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan og‘rib kelayotgan va xavfli o‘sma kasalligi bo‘lgan bemorlarda ma‘lum vosita va harakatlar orqali o‘limni tezlatish. Faol evtanaziyada bemorning o‘lim tezlik bilan keskin ravishda ijro qilinadi. Passiv evtanaziyada esa bu jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Passiv evtanaziya — bunda bemorga taqdim etilayotgan da'vo choralari to‘xtatiladi. O‘limgacha bo‘lgan vaqtni tezlashtiriladi. Evtanaziya nima va uning foydalari? Bu davolab bo'lmaydigan kasalliklarga duchor bo'lgan odamlarning hayotini tugatish amaliyotidir. Shuningdek, evtanaziya ko'pincha davlatga norozi bo'lgan, mahbuslar, o'lishni xohlaydigan odamlarning hayotini tugatish deb ataladi. Evtanaziyani qarovsiz hayvonlar va og'ir kasal uy hayvonlarining evtanaziyasi deb ham atash mumkin. Evtanaziya jarayoni odatda 10-20 daqiqa davom etadi. Amerika Qo'shma Shtatlarining Hayvonlarni nazorat qilish milliy assotsiatsiyasi, shuningdek, Amerika Qo'shma Shtatlarining Insonparvarlik Jamiyati (HSUS) hayvonlarni ortiqcha azob-uqubatlarga duchor qilmasdan o'limni kafolatlash uchun boshpanalarda hayvonlarni evtanizatsiya qilish vositasi sifatida natriy pentobarbitalni tomir ichiga yuborish orqali foydalanishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, evtanaziyaning ixtiyoriy va majburiy turlari ham bor. Ixtiyoriy evtanaziya — bemorning talabi, roziligi va iltimosiga ko‘ra bajariladi. Binobarin o‘lim muqarrar va undan qochib bo‘lmaydi, u hayotning oxirgi bosqichi hisoblanadi. Majburiy evtanaziyada bemorning fikri e'tiborga olinmaydi (og‘ir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish). O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qat'iy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qo‘llash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni og‘rimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan. Bugunngi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarfdorlari bu so'zni ''yoqimli, yengil o'lim'' deb baholaydilar. Hozirgi kungacha Gollandiya evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi. 2022-yil may oyidan boshlab evtanaziya Belgiya, Kanada, Kolumbiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya va Avstraliyaning barcha shtatlarida (Yangi Janubiy Uels, Kvinslend, Janubiy Avstraliya, Tasmaniya, Viktoriya va G‘arbiy Avstraliya) qonuniydir. Ko‘p davlatlar qatori Gollandiya, Shveytsariya, Belgiya, AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxat berilgan. Germaniya, Shvetsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Kanada va boshqa ba'zi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari ba'zi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtaniya o‘tkazishga ruxsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir). Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling