3.Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish
Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi(4-rasm). Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.
4-rasm. Excel dasturida jadvalni saqlash.
Файл bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi.
Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylОткрыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |