Excel dasturida ma’lumonlarni kiritish va taxrirlash. Masalani qo’yilishi


D4 katakda 1-kishining boradigan shahar nomi hosil bo‘ldi. D4


Download 423.07 Kb.
bet2/5
Sana24.10.2023
Hajmi423.07 Kb.
#1718563
1   2   3   4   5
Bog'liq
Excel dasturida ma’lumonlarni kiritish va taxrirlash.

D4 katakda 1-kishining boradigan shahar nomi hosil bo‘ldi. D4 katak faollashtirilsa, formulalar satrida =ЕСЛИ(C4>90;"London";ЕСЛИ (C4>80;"Tokio";ЕСЛИ(C4>70;"Moskva";ЕСЛИ(C4>60;"Samarqand";ЕСЛИ(C4>50;"Farg‘ona";"bormaydi"))))) formulasini ko‘rish mumkin. Bu formulani katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish ham mumkin. Qolganlarini hosil qilish uchun D4 katak quyi o‘ng burchagi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib, D13 katakkacha suramiz.
E17:E21 maydonni to‘ldirish uchun E17 katakni faollashtirib, СЧЁТEСЛИ funksiyasini ishga tushiramiz. Uni quyidagicha to‘ldirib, OK tugmasini bosamiz.



Natijada Moskvaga boradigan kishilar soni hosil bo‘ladi. Bu ishni E17 katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri =СЧЁТЕСЛИ(D$4:D$13;A17) formulani kiritib, Enter tugmasini bosish orqali bajarish ham mumkin. E18:E21 kataklarga E17 katakdan nusxa olib qolganlarini ham chiqaramiz.


Bir kunlik imtiyozli ichki transport xarajatlarini topish uchun G17 katakka =G$15*F17 formulani kiritib, Enter tugmasini bosamiz. G17 katakdan G18:G21 kataklarga nusxa olamiz.
Ma’lumki, I17 dagi Moskva shahriga safar uchun sarflanadigan jami xarajatni topish uchun 1 kunlik ichki xarajatlar yig‘indisiga kunlar sonini ko‘paytirib, yo‘l narxini qo‘shamiz va hosil bo‘lganini kishilar soniga ko‘paytiramiz: =((C17+G17+H17)*D17+B17)*E17. Boshqa shaharlarga sarflanadigan xarajatlarni topish uchun I17 katakning quyi o‘ng burchagi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib, I21 katakkacha suramiz.
B22:I22 kataklarga har bir ustun bo‘yicha o‘rtacha qiymatlarni chiqarish uchun B22 katakka =СРЗНАЧ(B17:B21) formulani kiritib Enter tugmasini bosamiz va B22 katakning quyi o‘ng burchagi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib I22 katakkacha suramiz.
Korxonaning jami safar xarajatlarini topish uchun har bir shaharga safar uchun sarflanadigan xarajatlarni qo‘shamiz: =СУММ(I17:I21).
Natijada D24 katakda korxonaning xizmat safari uchun sarf etiladigan jami xarajat miqdori hosil bo‘ladi (2-rasm).

Endi har bir shaharga sarflanadigan xarajatni diagramma ko‘rinishda tasvirlaymiz. Buning uchun A16:A21 va I16:I21 maydonlarini Shift tugmasi yordamida belgilab, diagramma ustasini ishga tushiramiz. Ochilgan oynadan diagrammalar Гистограмма turining 1-ko‘rinishini tanlab, Далее tugmalarini bosish orqali ochilgan oynalardan kerakli parametrlarni tanlab, Готово tugmasini bosamiz. Diagramma 3-rasmdagidek hosil bo‘ladi:






Download 423.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling