Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash. Yig’ma jadval hosil qilish va uning ustida amallar bajarish Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish


Download 195.37 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi195.37 Kb.
#1387525
  1   2   3
Bog'liq
Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash. Yig’ma jadval h


Exel dasturida ma’lumotlarni shartli formatlash. Yig’ma jadval hosil qilish va uning ustida amallar bajarish

Excel dasturida faylni saqlash va ishga tushirish

Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda Файл nomini kiritmagan bo’lsa, u holda kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa uni ixtiyoriy nom bilan Файл ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqat oynasi paydo bo’ladi(4-rasm). Oynaning Imya fayla darchasiga Файл nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.







Excel dasturida jadvalni saqlash.

Файл bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida sichqoncha tugmachasi bosiladi.


Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylОткрыть buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(5-rasm).





Excel dasturida faylni ishga tushirish.

Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan Файл nomi tanlanadi va Открыть tugmachasi bosiladi. Umuman olganda fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.




EXCEL dasturida jadvallar bilan ishlash, Jadvalga ma’lumotlar kiritish

Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak.


Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “+”(qo’shish), “-”(ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.”(nuqta)(sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) Символlaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.

Download 195.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling