Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi
Download 200.2 Kb.
|
l.eyler j.venn r.dekart hayoti va ilmiy faoliyati
Rene Dekart 1596-yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambag‘allashib, obro‘si pasayib qolgan zodagonlar urug‘idan bo‘lishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bo‘lib ishlagani uchun, ko‘p vaqtini o‘sha yerda o‘tkazgan va Laega juda kam kelgan. Tug‘ruqning og‘ir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tug‘ruq asoratlari tufayli olamdan o‘tgan. Rene uchun ham tabiblar sog‘lomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tug‘ilganida juda nimjon bo‘lgan ekan. U haqiqatan ham balog‘atga yetgunicha quruq yo‘tal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramog‘ida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog‘-rog‘lari bilan mashhur bo‘lgan Turenda o‘tdi. Dekart o‘sha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi. 17 yoshida Rene Dekart o‘z otasi oldiga - Rennga ketganida, maktab ta'limidan butunlay ko‘ngli sovib, mutolaa va izlanishni umuman tashlab qo‘ygan edi.
Download 200.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling