Mavzu: R. Dekartning bilish haqidagi talimot
Download 81.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Dekartning bilish haqitagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyati.
1 Mavzu: R.Dekartning bilish haqidagi talimot Reja: 1. R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyati. 2. Dekart falsafasi va uning psixologik g’oyalari. 3. R. Dekartning bilish haqidagi talimoti. 2 1. R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyati. Rene Dekart 1596-yilning 31-mart kuni, Fransiyaning Turen hududidagi kichik Lae shaharchasida dunyoga kelgan. Dekartlar oilasi, qadimiy, biroq kambag‘allashib, obro‘si pasayib qolgan zodagonlar urug‘idan bo‘lishgan ekan. Uning otasi Renn sharida sudya bo‘lib ishlagani uchun, ko‘p vaqtini o‘sha yerda o‘tkazgan va Laega juda kam kelgan. Tug‘ruqning og‘ir kechganligi sababidan, uning onasi, bir necha kundan keyin tug‘ruq asoratlari tufayli olamdan o‘tgan. Rene uchun ham tabiblar sog‘lomlik va chidamlilikni bashorat qilishmagan, sababi u ham onadan tug‘ilganida juda nimjon bo‘lgan ekan. U haqiqatan ham balog‘atga yetgunicha quruq yo‘tal va doimiy holsizlikdan aziyat chekib, yuzi doimiy oqargan qiyofada hayot kechirgan. Uning bolalik damlarini, onasi tomondan buvisining qaramog‘ida, iqlimi yumshoq va ajoyib bog‘-rog‘lari bilan mashhur bo‘lgan Turenda o‘tdi. Dekart o‘sha yerdagi iezuitlar kollejida, 1612 yili, 8 yillik maktabni tamomladi. 17 yoshida Rene Dekart o‘z otasi oldiga - Rennga ketganida, maktab ta'limidan butunlay ko‘ngli sovib, mutolaa va izlanishni umuman tashlab qo‘ygan edi. Bunga sabab qilib tarixchilar Rene Dekartga maktab ta'limining qoniqarsiz sifat darajasi salbiy ta'sir ko‘rsatgan degan fikrni ko‘rsatishadi. Nima bo‘lganda ham, Rene Dekart ilk ta'lim olgan bosqich, qandaydir jiddiy sabablarga ko‘ra, undagi ilm-fanga bo‘lgan qiziquvchanlik va ishtiyoqni so‘ndirib yuborgani rost. U Rennda uzzukkun chavandozlik va qilichbozlik bilan mashg‘ul bo‘lib vaqt o‘tkazadi. Lekin, bu vaqtda u fikrlash va tafakkur dengizidan olis bo‘lgan degan fikrga kelish noo‘rindir; sababi u aynan o‘sha vaqtdagi o‘zi mukkasidan ketib, mashg‘ul bo‘lgan sohalar, ulardagi qonuniyat va umumlashtiruvlar haqida yaxshigina risolalar tayyorlaydi. Shulardan biri - "Qilichbozlik haqidagi risola"ni misol qilib keltirish mumkin. 3 1613 yilda u o‘z omadini izlab, Parijga yo‘l oladi. Yosh zodagon yigitchaga Parijda omadli ish yuritib va yashab ketish uchun obro‘-e'tiborli tanish- bilishlar orttirish va aloqalar o‘rnatish kerak edi. U poytaxtda fransiskan monaxi Maren Mersenn va matematik Midorj bilan yaqindan tanishadi. Biroq Parij hayotining dastlabki yillarini Dekart butunlay bemaqsad, tarqoq hayot tarzi bilan o‘tkazdi. U o‘zi tengqur yoshlarning qarta o‘yinlariga mukkasidan ketgan va qimorga berilgan guruhiga aralashib qoldi. Lekin, aksariyat tengdoshlaridan farqli ravishda Rene Dekart tez orada o‘zini qo‘lga olib, ahmoqona kun tartibi va jarlikka qulatuvchi ijtimoiy illatlar oldida xarakter namoyish etadi. U vaqtida o‘zini tiya bildi. Uni yana qimor o‘yinlari va ko‘cha hayotiga chorlovchi o‘rtoqlari bilmaydigan va topolmaydigan joy - Parij yaqinidagi Sen-Jermen mavzesida kichikkina uycha topib, o‘sha yerga ko‘chib o‘tadi va qaytadan ilmiy izlanishlarni boshlab yuboradi. Dekart matematika, asosan geometriya va algebra sohalarini chuqur o‘rganishga sho‘ng‘iydi. Shu tarzda u ikki yil o‘zini-o‘zi tarbiyalash bilan shug‘ullandi. 21 yoshga to‘lganida esa, u Fransiyani tark etib, olam kezishga qaror qiladi. Dekartga, o‘zining ta'biri bilan aytganda "olamning buyuk kitobini mutolaa qilish, harbiy qo‘shinlar va saroylarni ko‘rish, har xil fe'l atvor va xarakterli insonlar bilan muloqotda bo‘lish, tajribalar to‘plash, taqdir qanday uchrashuvlarga duch qilsa, ularda, o‘shandayligicha o‘zini sinab ko‘rish, va har yerda uchragan buyum va hodisalar borasida tafakkur qilish" maqsadida yo‘lga chiqadi. Darbadarlik yillari boshlanadi... 1617 yilda Dekart Niderlandiya armiyasining ko‘ngillilari safiga qo‘shilib, harbiy libos kiyadi. Bu paytda Niderlandiya Fransiyaning ittifoqdoshi bo‘lib, bu davlatda inqilob yuz berayotgan edi. Dekart Brede shahrida yashay boshlaydi. Armiyadagi tayinlangan nafaqadan Dekart voz kechadi. U shu orqali o‘z erkinligini saqlab qolish maqsadida edi. Ya'ni, ta'madan uzoqroq 4 bo‘lmoqchi. U harbiy paradlarga ham qatnashmay, vaqtini asosan uyda, matematika va falsafa bilan mashg‘ullikda o‘tkazadi. Sen-Jermendagi o‘ziga xos uzlatda va Brededa olib borilgan matematik izlanishlar Dekartga o‘z davri uchun yetarli darajadagi yetuk matematik mutaxassis bo‘lib yetishishga xizmat qiladi. Aynan shu yillar ichida u analitik geometriya va algebrani o‘zaro chambarchas bog‘lovchi muhim ilmiy izlanishlar olib bordi va olamshumul kashfiyotlar qildi. Dekartning kundaligida quyidagicha qayd mavjud: "1619 yilning 10 noyabr kuni ajoyib kashfiyotning asoslarini anglay boshladim". Haqiqatan ham, Dekart ajoyib kashfiyot - analitik geometriya asoslarini ochib berish sari yaqinlashib borayotgan edi. Analitik geometriyaning mohiyati shundaki, u algebrani geometriya masalalariga va aksincha tadbiq etishning tamoyillarini ifoda etadi. Ya'ni, har qanday egri chiziq ikkita o‘zgaruvchili tenglamalar orqali ifodalanishi mumkin, va aksincha, ikkita o‘zgaruvchili har qanday tenglama, egri chiziq ko‘rinishida ifodalanishi mumkin! Bu kashfiyot, fan tarixida o‘ziga xos yangi davr ochganligi bilan nafaqat matematika va geometriya uchun, balki, umuman olganda sonlar va o‘lchovlar borasida aniq kattaliklarga asoslanib ish ko‘ruvchi barcha tabiiy fanlar uchun muhim ahamiyatga ega edi. Dekart o‘z kashfiyotining ahamiyatini yaxshi anglasa-da, u bunday darajadagi dohiyona va hal qiluvchi g‘oyaning o‘zi, ilm-fanda samarali islohot o‘tkazish uchun kamlik qilishini ham yaxshi tushungan. U olam kezishni davom ettiradi - golland armiyasi bilan birga avvaliga Praga uchun jangda qatnashadi (30 yillik urush), keyin Vengriya va Bryusselda bo‘ladi. Yo‘l-yo‘lakay, o‘zi aytganday taqdir unga tayyorlagan har qanday uchrashuvlardan o‘zi uchun biror mulohaza va fikr olishga urinadi. Sayohatchi, ko‘ngilli askar va matematik Rene Dekart 1623-yilda Parijga qisqa muddatga qaytadi. Keyin yana Yevropa bo‘ylab uzoq safarlar, keyin esa, 1625-yilda Fransiyaga bir muddat qaytishdan so‘ng, yana Gollandiyaga 5 ko‘chib o‘tadi. Dekart uchun Gollandiyaga ko‘chib o‘tish, o‘zining Parijdagi eski qimorboz do‘stlari va yoshlikdagi beboshliklarga qaytmaslik vajidan zarur edi. Qolaversa, Niderlandiyada, Fransiyaga qaraganda ancha yumshoq ijtimoiy muhit yuzaga kelgan bo‘lib, ayniqsa diniy va e'tiqodiy qarashlar borasidagi huquqiy erkinlik, oddiy golland xalqining tolerant munosabati, yetishib chiqayotgan olimni o‘ziga tortgan. U gollandlar haqida "Begonalarga asossiz g‘arazdan ko‘ra o‘z kundalik ishlari haqida ko‘proq qayg‘uradigan millat" deb yozgan edi. U Parijda yashayotgan chog‘ida, "Ilohiyot haqida" nomli risola yozishni boshlab qo‘ygan edi. Gollandiyadagi hayotining dastlabki vaqtlarida u o‘sha asarini davom ettirishga kirishadi. Ilohiyot va falsafa borasidagi fikrlarni qamrab olishi kerak bo‘lgan bu asar baribir yakuniga yetmay tez orada yana "keyinroqqa surib" qo‘yiladi. Dekartda, unga Mersenn xabar bergan ajoyib va o‘sha davr uchun tushunarsiz hodisa, 1629-yilda Rimda kuzatilgan pargeliy (quyosh atrofida boshqa yorqin obyektlar - "yolg‘on quyosh"larning paydo bo‘lishi) hodisasi katta qiziqish uyg‘otadi. Dekartda tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqish qayta alangalanib ketadi. U optika borasida izlanishni boshlaydi. Kamalak va boshqa o‘xshash hodisalarga diqqat qaratadi. 1633-yilning o‘rtalarida, Dekart o‘zining "Olam haqida" (le Monde) risolasi nashrga tayyor ekanligi haqida Marsenni xabardor qiladi. Lekin o‘zi, bu risolani nashrga berishga shoshilmaydi, sababi risolani imloga tekshirish va yakuniy qayta ko‘rib chiqishni maqsad qilgan edi. Bu ishga o‘sha yilning kuzida kirishadi. Lekin, u tuzatishlar kiritishni boshlagach, avvaliga Galileyning "Suhbatlar" asari bilan tanishib chiqish kerak degan fikrga keladi. Rene Dekart, mashhur Galileyning mashhur asarini topib jo‘natishlarini so‘rab, Leyden va Amsterdamdagi do‘stlariga murojaat qiladi. Uning hayratiga sabab bo‘lib esa, do‘stlari, Galileyning "Suhbatlar" kitobi, allaqachon inkvizitsiya tomonidan yoqib yo‘q qilingani, bechora qariya muallifning o‘zi esa, nihoyatda obro‘li kishilarning aralashuviga ham qaramay sud qilinib, avvaliga inkvizitsiya qamoqxonasiga 6 tashlashga hukm qilinganligi, keyinroq esa, qishloqdagi uy qamog‘iga tashlanib, uch yil davomida "poklanish" duolarini o‘qishga majbur qilinganligini xabar qilishadi. Bu xabar Dekartni ham qattiq cho‘chitib qo‘ydi. Rim papasi va katolik cherkov inkvizitsiya sudining ta'siri Gollandiyada ham Italiyadagichalik bo‘lmasa-da, har holda sezilarli darajada edi. Olim o‘z qo‘lyozmalarini zudlik bilan yoqib yubordi... Olimning bir necha yillik izlanishlari kulga aylandi. Dekartning bu xatti-harakatlariga keyingi zamon fan tarixchilari turlicha munosabat bildirishgan, kimdir uni qo‘rqoqlikda ham ayblashga urindi, kimdir esa, Dekart bilan Jordano Bruno, Migel Servett va Galileyning boshiga tushgan taqdir yuz bermaganligi, aynan shunday ehtiyotkorlikda deb qarashadi. Nima bo‘lganda ham, bizning ilm-fan haqiqatlari yaqqol tan olingan zamonamizda turib fikr bildirish juda oson, Dekart esa, hamma olimlar singari, avvalo o‘z zamonasining farzandi edi. 1634-yili Dekart o‘zining "Inson va homilaning paydo bo‘lishi haqida" deb nomlangan etyudining xomaki variantini tayyorlashni boshladi. Megeffi ismli fan tarixchisining qayd etishicha, bu etyud Dekartning o‘ta shaxsiy kuzatuvlari natijasida yuzaga kelgan emish: 1635-yilda Dekart qiz farzand ko‘radi. Bu qizaloqning dunyoga kelishi tafsilotlari Dekart, boshqalardan, hatto eng olg‘ir yozuvchilardan ham o‘tkazib yuboradigan darajada, boshqalar aytishga yoki oshkor etishga uy aladigan jihatlari bilan tavsiflaydi. 7 Download 81.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling