Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi


Download 200.2 Kb.
bet5/5
Sana03.02.2023
Hajmi200.2 Kb.
#1154048
1   2   3   4   5
Bog'liq
l.eyler j.venn r.dekart hayoti va ilmiy faoliyati

1617 yilda Dekart Niderlandiya armiyasining ko‘ngillilari safiga qo‘shilib, harbiy libos kiyadi. Bu paytda Niderlandiya Fransiyaning ittifoqdoshi bo‘lib, bu davlatda inqilob yuz berayotgan edi. Dekart Brede shahrida yashay boshlaydi. Armiyadagi tayinlangan nafaqadan Dekart voz kechadi. U shu orqali o‘z erkinligini saqlab qolish maqsadida edi. Ya'ni, ta'madan uzoqroq bo‘lmoqchi. U harbiy paradlarga ham qatnashmay, vaqtini asosan uyda, matematika va falsafa bilan mashg‘ullikda o‘tkazadi. Sen-Jermendagi o‘ziga xos uzlatda va Brededa olib borilgan matematik izlanishlar Dekartga o‘z davri uchun yetarli darajadagi yetuk matematik mutaxassis bo‘lib yetishishga xizmat qiladi. Aynan shu yillar ichida u analitik geometriya va algebrani o‘zaro chambarchas bog‘lovchi muhim ilmiy izlanishlar olib bordi va olamshumul kashfiyotlar qildi. Dekartning kundaligida quyidagicha qayd mavjud: "1619 yilning 10 noyabr kuni ajoyib kashfiyotning asoslarini anglay boshladim".

  • 1617 yilda Dekart Niderlandiya armiyasining ko‘ngillilari safiga qo‘shilib, harbiy libos kiyadi. Bu paytda Niderlandiya Fransiyaning ittifoqdoshi bo‘lib, bu davlatda inqilob yuz berayotgan edi. Dekart Brede shahrida yashay boshlaydi. Armiyadagi tayinlangan nafaqadan Dekart voz kechadi. U shu orqali o‘z erkinligini saqlab qolish maqsadida edi. Ya'ni, ta'madan uzoqroq bo‘lmoqchi. U harbiy paradlarga ham qatnashmay, vaqtini asosan uyda, matematika va falsafa bilan mashg‘ullikda o‘tkazadi. Sen-Jermendagi o‘ziga xos uzlatda va Brededa olib borilgan matematik izlanishlar Dekartga o‘z davri uchun yetarli darajadagi yetuk matematik mutaxassis bo‘lib yetishishga xizmat qiladi. Aynan shu yillar ichida u analitik geometriya va algebrani o‘zaro chambarchas bog‘lovchi muhim ilmiy izlanishlar olib bordi va olamshumul kashfiyotlar qildi. Dekartning kundaligida quyidagicha qayd mavjud: "1619 yilning 10 noyabr kuni ajoyib kashfiyotning asoslarini anglay boshladim".

Dekart o‘z kashfiyotining ahamiyatini yaxshi anglasa-da, u bunday darajadagi dohiyona va hal qiluvchi g‘oyaning o‘zi, ilm-fanda samarali islohot o‘tkazish uchun kamlik qilishini ham yaxshi tushungan. U olam kezishni davom ettiradi - golland armiyasi bilan birga avvaliga Praga uchun jangda qatnashadi (30 yillik urush), keyin Vengriya va Bryusselda bo‘ladi. Yo‘l-yo‘lakay, o‘zi aytganday taqdir unga tayyorlagan har qanday uchrashuvlardan o‘zi uchun biror mulohaza va fikr olishga urinadi. Sayohatchi, ko‘ngilli askar va matematik Rene Dekart 1623-yilda Parijga qisqa muddatga qaytadi. Keyin yana Yevropa bo‘ylab uzoq safarlar, keyin esa, 1625-yilda Fransiyaga bir muddat qaytishdan so‘ng, yana Gollandiyaga ko‘chib o‘tadi. Dekart uchun Gollandiyaga ko‘chib o‘tish, o‘zining Parijdagi eski qimorboz do‘stlari va yoshlikdagi beboshliklarga qaytmaslik vajidan zarur edi. Qolaversa, Niderlandiyada, Fransiyaga qaraganda ancha yumshoq ijtimoiy muhit yuzaga kelgan bo‘lib, ayniqsa diniy va e'tiqodiy qarashlar borasidagi huquqiy erkinlik, oddiy golland xalqining tolerant munosabati, yetishib chiqayotgan olimni o‘ziga tortgan.

  • Dekart o‘z kashfiyotining ahamiyatini yaxshi anglasa-da, u bunday darajadagi dohiyona va hal qiluvchi g‘oyaning o‘zi, ilm-fanda samarali islohot o‘tkazish uchun kamlik qilishini ham yaxshi tushungan. U olam kezishni davom ettiradi - golland armiyasi bilan birga avvaliga Praga uchun jangda qatnashadi (30 yillik urush), keyin Vengriya va Bryusselda bo‘ladi. Yo‘l-yo‘lakay, o‘zi aytganday taqdir unga tayyorlagan har qanday uchrashuvlardan o‘zi uchun biror mulohaza va fikr olishga urinadi. Sayohatchi, ko‘ngilli askar va matematik Rene Dekart 1623-yilda Parijga qisqa muddatga qaytadi. Keyin yana Yevropa bo‘ylab uzoq safarlar, keyin esa, 1625-yilda Fransiyaga bir muddat qaytishdan so‘ng, yana Gollandiyaga ko‘chib o‘tadi. Dekart uchun Gollandiyaga ko‘chib o‘tish, o‘zining Parijdagi eski qimorboz do‘stlari va yoshlikdagi beboshliklarga qaytmaslik vajidan zarur edi. Qolaversa, Niderlandiyada, Fransiyaga qaraganda ancha yumshoq ijtimoiy muhit yuzaga kelgan bo‘lib, ayniqsa diniy va e'tiqodiy qarashlar borasidagi huquqiy erkinlik, oddiy golland xalqining tolerant munosabati, yetishib chiqayotgan olimni o‘ziga tortgan.

Download 200.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling