Eyuk. Yakobi Daleni elementini konsentrlash yordamida eyuki ni aniqlash Bajardi: Inoyatqulov G'ulomjon


Download 6.9 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi6.9 Kb.
#198183
Bog'liq
Eyuk. Yakobi Daleni elementini konsentrlash yordamida eyuki ni a-hozir.org


Eyuk. Yakobi Daleni elementini konsentrlash yordamida eyuki ni aniqlash Bajardi: Inoyatqulov G'ulomjon

EYUK. Yakobi Daleni elementini konsentrlash yordamida EYUKi ni aniqlash

Bajardi: Inoyatqulov G'ulomjon

Tekshirdi: Toshboyeva Shoira

Reja :

I. Kirish

II.Asosiy qism

2.1 EYUK haqida tushuncha

2.2 EYUKni vujudga keltiruvchi kuchlar

2.3 EYUK da Yakobi Dalenini elementini konsentrlash va uning EYUK i aniqlash

III. XULOSA

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi.

Fizik kimyoning kimyoviy

energiyani elektr energiyaga, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi

bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb

ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr

o‘tkazuvchanlik va elektr yurituvchi kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi.

Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jixatidan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich va izolyatorlarga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 1 tur va 2 tur

o‘tkazgichlarga bo‘linadi. 1 tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari kiradi.

2 tur o‘tkazgichlarga elektrolitlarning –( tuzlar, kislotalar va asoslarning) eritmalari kiradi. Bularda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi, natijada modda kimyoviy jixatdan o‘zgaradi.

Moddalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish xususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi

elektrolitik dissotsialanish natijasida eritmada paydo bo‘lgan ionlar tufaylidir.

Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar bo‘lgani sababli, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik.

Solishtirma qarshilikka teskari qiymat (1/ S) solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik

deyiladi.

Solishtirma qarshilikka teskari qiymat (1/ S) solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik

Ionlarning harakatlanish tezligi

Ionlarning harakatlanish tezligi. Anion bilan kationning zaryadlar kattaligi bir xil bo‘lib, ular baravar tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng bo‘ladi.Ionlarning harakatlanish tezligi ularning tabiatiga, maydon kuchlanganligiga, kontsentratsiyaga, haroratga, muxitning qovushqoqligiga bog‘liqdir. Tok

berilgunga qadar ionlar turli yo‘nalishda tartibsiz harakatda bo‘ladi.berilgandan keyin esa, anionlar anod tomonga, kationlar katod tomonga siljiydi.

Elektrokimyo

Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi.Kimyoviy energiyani elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyani kimyoviy energiyaga aylanishini o’rgatadigan fanga elektrokimyo fani deyiladi.750 yili rus olimi M.V.Lomonosov kimyoviy hodisalar bilan elektr hodisalari orasida bog’liqlik borligini aniqladi.hodisalari orasida bog’liqlik borligini aniqladi.1780 yili italiyalik olimlar Galvani va Voltlar Galvanik elementini yaratib, 1800 yili Volta elektr tokining kimyoviy manbaini yaratiladi.

B.S.YAkobi-Daniel element qaytar Galvanik elementga misol bo’la oladi.

Bunda rux plastinka Zn SO4 eritmasiga, mis plastinka CuSO4 eritmasiga botiriladi.

Bu element sxematik ravishda quyidagicha yoziladi.

(+) Cu l Cu SO4 I Zn SO4 I Zn (-)


  • Agar Cu va Zn elektrodlari o’zaro sim orqali ulansa, ortiqcha elektronlar Zn elektroddan Cu elektrodga o’ta boshlaydi va tashqi zanjirda tok hosil bo’ladi. Buni galvanometr yordamida bilish mumkin.

      Zn -> Zn2+ + 2e +Cu2 + +2 e-> Cu

      yoki

      Zn+ Cu2+ = Zn2+ Cu

      Natijada, Galvanik elementning tashqi zanjirida elektronlar oqimi, ichki zanjirda kation va anionlar oqimi hosil bo’ladi.

Diffuzion potensial

Elektrod potentsial faqatgina metall bilan eritma chegarasidagina hosil bo’lmasdan, balki ikki xil elektrolit chegarasida va bir elektrolitning har xil kontsentratsiyali eritmalari chegarasida ham hosil bo’ladi. Bunday potentsial diffuzion potentsial deyiladi. Diffuzion potentsialning hosil bo’lishiga sabab eritmada ionlar harakatchanligining turlicha bo’lishidir.

Tuz ko‛prigi ulangandan keyin Yakobi — Daniel elementi sxemasi:

Cu│Cu2+│KC1│Zn2+│Zn

Xuddi shu tartibda boshqa galvanik elementlarni ham yozish mumkin. Masalan, vodorod-rux zanjiri

(Pt)H2│2H+│KCL│Zn2+│Zn

Amalda diffuzion potentsnalni yo‛qotishga harakat qilinadi.

Buning uchun elektrolit eritmalari orasiga KC1 ning to‛yingan eritmasi to‛ldirilgan sifon ishlatiladi.

K+va Clionlarining harakatchanligi teng bo‛lganidan diffuzion potensiall yo‛qqa chiqariladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. - Toshkent.-O’zbekiston.-1992.

22-38 betlar.

2. Фридрихсберг Д.А. Курс коллоидной химии-М.: - Химия. – 1984.-с. 61-75.

3. Писаренко А.П., Поспелова К.А., Яковлев А.Г. Курс коллоидной химии. –

М.: - Высщая школа. – 1969. –с. 28-33

4. Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с. 61-75.



http://hozir.org
Download 6.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling