Kimyoning asosiy tushunchalari. Kimyoning asosiy qonunlari. Atom tuzilishi. Kimyoviy elementlar davriy jadvali. Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat
Download 81.87 Kb.
|
!- мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab moddalarga oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar kiradi. Bu moddalar anorganik birikmalarning sinflari deyiladi.
- Moddalar massasining saqlanish qonuni.
- Tarkibning doimiylik qonuni
- Elеmеntlar o’z ekvivalеntlariga proportsional miqdorlarda o’zaro birikadi va almashinadi.
- Avogadro qonuni
- Reaksiyaning o’rtacha tezligi (ν)
Kimyoning asosiy tushunchalari. Kimyoning asosiy qonunlari. Atom tuzilishi. Kimyoviy elementlar davriy jadvali. Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat.Asosiy tushunchalar.Moddalar oddiy va murakkab moddalarga boʼlinadi.Oddiy moddalar bir xil elementdan tashkil topgan boʼlib, Na, K, Fe, H2, O2, Cl2, N2 va xakozolar kiradi.Murakkab moddalarga oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar kiradi. Bu moddalar anorganik birikmalarning sinflari deyiladi.Oksidlar
KislotalarTarkibida vodorod atomlari boʼlgan va bu vodorod atomlari metall atomlari bilan oʼrin almashinishi natijasida tuz xosil qiladigan, murakkab moddalarga kislotalar deyiladi. Masalan: HCl, H2SO4, H3PO4 , H2CO3.Аsoslar
Tuzlar
Moddalar massasining saqlanish qonuni.Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.Bu qonuni 1748 yilda М.V. Lomonosov ta'rifladi. 1789 yilda esa moddalar massasining saqlanish qonuni fransuz kimyogari Lavuaze tomonidan kashf etildi (Lomonosov ishidan bexabar)Kimyogar bu qonundan foydalanib, o’zi bajargan tekshirishlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini doimiy tekshirib ko’ra oladi, chunki tajribadan avval olingan moddalar og’irligining tajribadan keyin hosil bo’lgan moddalar og’irligiga teng kelmay qolishi tekshirishda xato qilinganligini ko’rsatadi.Tarkibning doimiylik qonuniTarkibning doimiylik qonunikimyoning asosiy qonunlaridan biri. 1809-yilda fransuz kimyogari J. Prust kashf etgan.Har qanday kimyoviy toza birikma olinishi usulidan qat'iy nazar o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.Ekvivalеntlar qonuniIngliz olimi J.Dalton elеmеntlar muayyan miqdorlardagina o’zaro birika oladi, dеgan fikrni aytdi va bu miqdorlarni “ birikuvchi miqdorlar” dеb atadi. Ammo kеyinroq bu tеrmin o’rniga ekvivalеnt tеrmini qabul qilindi. Ekvivalеnt so’zi - tеng qiymatli dеmakdir.Elеmеntlar o’z ekvivalеntlariga proportsional miqdorlarda o’zaro birikadi va almashinadi.Elеmеntning 8 og’irlik qism qislorod bilan yoki 1og’irlik qism vodorod bilan birikadigan yoki birikmalarda shuncha kislorod yoxud shuncha vodorod o’rnini oladigan miqdori shu elеmеntning ekvivalеnti dеb ataladi.Avogadro qonuniItalyan fizigi va kimyogari Amedeo Avogadro (1776-1856) 1811-yilda bu qonunni ta'rifladi va qonun Avogadro qonuni deb nom oldiTeng hajmdagi istagan gazda bir xil sharoitda molekulalar soni bir xil bo‘ladi.0,012 kg uglerodda nechta atom bo‘lsa, shuncha molekulaga ega bo‘lgan mazkur modda miqdori mol deyiladi. Bu holda Avogadro qonunini bunday ta'riflash ham mumkin: «Istagan moddaning bir moli tarkibida ayni bir xil sondagi molekulalar bo‘ladi». Bu son Avgoadro soni deb nom oldi. U 6,02·10-23 mol-1 ga teng.kimyoviy kinetikaKimyoviy reaksiyalarning tezliklari va mexanizmlari haqidagi ta’limot kimyoviy kinetika deyiladi.Kimyoviy reaksiyaning tezligi deganda sistema hajmi o’zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarishi tushuniladi.Reaksiyaning o’rtacha tezligi (ν)Reaksiyaning tezligi faqat musbat kattalik bo’lishi mumkin: shu sababli minus ishora qo’yiladi. ν = -Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, reaksiyaning borish shart-sharoitlariga: temperatura, konsentratsiya, katalizatorga, gazlar bol’sa, bosimga, qattiq moddalarda – maydalangaligiga bog’liq.Download 81.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling