F-205a qudratov Azizjon mashg‘ulot №14


Download 26.65 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.65 Kb.
#205134
Bog'liq
14-seminar mashguloti, bilimlarni tekshirish savollari


F-205A Qudratov Azizjon

MASHG‘ULOT № 14



MAVZU: Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri. Farmatsevtika muassasalari ish faoliyatida magnit maydonidan saqlanish

Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:

Elektromagnit maydonining tavsifi.

Elektrmagnit maydonining normalari.

Muhofaza qilish usullari.

Elektrmagnit to‘lqinlari radiochastotalarining tavsifini ayting.

Elektrmagnit to‘lqinlarining inson organizmiga ta’sirini ayting.

Elektrmagnit maydonlaridan oraliqni uzaytirish yo‘li bilan muhofazalanish nima?

Savollarga javoblar:

1.Elektromagnit maydon — elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi. Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.
2. Respublikamizda yo'lga qo'yilagan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organism uzoq vaqt nurlanish ta'sirida bo'lgan taqdirda ham hech qanday o'zgarish bo'lmasligi mumkin. Me'yoriy huijat bo'yida ko'zda tutilgan «Yuqori, o'ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma tva chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo'yicha 100 kGs - 30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo'yicha esa 100 kGs - 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo'lishi kerak. SVCh 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo'lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk Vt/sm2, 15—20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa
1000 mk Vt/sm2dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko'zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/ sm2dan oshmasligi kerak. SVCh diapazonida kasbi nurlanish bilan bog'lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mkVt/sm2dan oshmasligi kerak.
3. Elektrmagnit maydon ta’siridan ximoyalanish chora tadbirlaridan, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektrmagnit maydonlari oqimlarini yo‘naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani uzaytirish, generatorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va qaytaruvchi ekranlar o‘rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish hisoblanadi. Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektrmagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi ustanovkalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin. Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi. Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini, kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur. Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni attenyuatorlarni qo‘llash, generatordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotishi yoki kamaytirishi mumkin. Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglerodli qotishma ishlatiladi. Shuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin. Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol va boshqalarni kiritish mumkin.

Elektrmagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usul-laridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektrmagnit to‘lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o‘rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan materiallardan-alyuminiy, po‘lat, mis, latun kabi materiallardan yasaladi.
4. elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma tva chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo'yicha 100 kGs - 30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo'yicha esa 100 kGs - 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo'lishi kerak. SVCh 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo'lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk Vt/sm2, 15—20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa
1000 mk Vt/sm2dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko'zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/ sm2dan oshmasligi kerak. SVCh diapazonida kasbi nurlanish bilan bog'lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mkVt/sm2dan oshmasligi kerak.
5.Elektromagnit  tebranish  va  mexnat  kilish  rejimi  kuyidagicha  jadvalda  ko’rsatilgan.  Sanoat chastotasidagi  tokning  zararli  ta‘siri  magnit  maydon  kuchlanganligi  160-200  A/m  bo’lganda namoyon   bo’ladi. Quvvati   yuqori   elektr   qurilmalarida  u  20- 25  A/m  dan  oshmaydi,   shuning uchun  EMM xavfli  ta‘sirini maydon elektrik kuchlanganligi bo’yicha olib borish etarli bo’ladi.  YUqori  chastotali  (YUCH)  va  ultrayuqori  chastotalarning  elektromagnit  maydonlari  ta‘sirida markaziy  asab  sistemasi faoliyati  buziladi,  organizmda  umumiy  kuchsizlik, tez charchash, bosh og’rig’i, uyqusizlik, yurak urushining sekinlashishi va qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Elektromagnit  tebranishlarning  inson  organizmiga  ta‘sirini  oldini  olish  uchun  sanitariya qoidalari  bilan  nurlanishni  ruxsat  etiladigan  eng  kam  miqdori  belgilangan.  Nurlantiruvchi qurilmalar  (YUCH,  UYUS,  JYUCH)  dagi  elektromagnit  tebranishlar  intensivligi  metrga voltlarda  V/m  (elektr  maydoni  kuchlanganligi),  metrga  amperlarda–A/m   (magnit   maydoni  kuchlanganligi)  va  1sm2  ga  mikrovattlarda–mkVt/sm2   (energiya  oqimi  zichligi)  o’lchanadi.  Elektr  qurilmalariga   xizmat   ko’rsatishdagi   mehnat  rejimi  va  elektromagnit  tebranish parametrlarining xavfsiz chegarasi jadvalda keltirilgan. 

Elektromagnit  maydonlarni  ta‘siridan  ximoyalashning  usullari  va  vositalariga  quyidagilar kiradi: 


Ximoyalashning tashkiliy choralari 
 Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish 
 nurlanish manbaining ekranlashuvi 
nurlanish manbaidan ishchi o’rinlarni ekranlashtirish va yoki ajratish. 
signalizatsiya vositalarini qo’llash 
shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish 
Elektr  maydonidan  himoyalash  har  xil  ekranlashtirilgan  qurilmalar  va  maxsus  ekranlovchi kiyimlar  yordamida  amalga  oshiriladi va  ular  albatta  erga  ulanishi  kerak.  Bunda  erga  ulagich qarshiligi 10 Om dan yuqori bo’lmasligi kerak.
6. Oraliqni uzaytirish yo‘li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektrmagnit maydonlaridan tashqarida bo‘lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi ustanovkalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.

Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona etarlicha kattalikda bo‘lgandagina muvaffaqiyatli chiqadi.

Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini, kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.

Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo‘lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni attenyuatorlarni qo‘llash, generatordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo‘lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo‘qotishi yoki kamaytirishi mumkin.

Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglerodli qotishma ishlatiladi. Shuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin. Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol va boshqalarni kiritish mumkin.
Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling