Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti va neytral nuqtani siljish kuchlanishini aniqlash


Download 118.35 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi118.35 Kb.
#1832374
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Tajriba


8 – LABORATORIYA ISHI
KUCHLANISHNING NOSIMMETRIYA KOEFFITSIYENTI VA NEYTRAL NUQTANI SILJISH KUCHLANISHINI ANIQLASH


Ishdan maqsad: Elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlarini o’rganish. Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti va neytralning siljish kuchlanishini aniqlashda ko’nikma hosil qilish.
Nazariy qism.
Elektr ta’minoti sistemasi loyihalanayotganda elektr iste’molchilariga zarur sifatli elektr energiya bilan ta’minlovchi tadbir va qurilmalar ko’zda tutiladi.
Uch fazali tok sistemalarida elektr energiyaning sifati kuchlanish va chastotaning belgilangan normadan og’ishi va tebranishiga, kuchlanish formasining nosinusoidalligiga. neytralning siljishiga, asosiy chastotali kuchlanishining nosimmetrikligiga bog’liq. O’zgarmas tok sistemasi uchun kuchlanishning og’ishi, kuchlanishning tebranishi va kuchlanishning pulsatsiyasi koeffitsiyenti elektr energiyaning sifati ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Elektr energiya sifatining me’yoriy ko’rsatkichlari quyidagicha:
1. Kuchlanishning nominal qiymatdan og’ishi, elektr iste’molchiining xarakteriga bog’liq holda, -5 dan +10% oralig’ida bo’lishi kerak.
2. Normal ish sharoitida chastotaning nominal qiymatdan og’ishi 0, 1 Hz. gacha ruxsat etiladi;
3. Chastotaning tebranishi 0,2 Hz dan oshmasligi kerak;
4. Barcha yuqori garmonikalarning effektiv qiymati, asosiy chastota kuchlanishi effektiv qiymatining 5% dan oshib ketmasligi kerak;
5. Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti 2% dan oshmasligi kerak. Elektr energiyaning sifat me’yorini nazorat qilish sanoat korxonalari va shaharlarni elektr ta’minotida muhim masala hisoblanadi.
Ushbu tajriba ishida elektr energiyasi sifat ko’rsatkichlarining bittasi bilan bog’liq bo’lgan savollar, ya’ni asosiy chastota kuchlanishining nosimmetriyasi va neytralning siljishi quriladi.
Elektr sistemasida nosimmetrik kuchlanishni hosil bo’lishiga sabab tarmoqda katta quvvatli bir fazali yuklamaning mavjudligidir. U elektr energiya yo’qotilishini ko’payishiga va korxona va shaharlarni elektr ta’minoti sistemasining elektr qurilmalarining ishonchliligini pasayishiga olib keladi. Sinxron mashinalarda qo’shimcha qizishni hosil qiladi va teskari tartibli tok sababli hosil bo’ladigan yo’qotilishlar ko’payadi, rotorda asosiy aylanuvchi momentga teskari moment hosil bo’ladi. Asinxron yuritkichlarda kuchlanishning nosimmetrikligi qo’shimcha qizish va teskari moment hosil qiladi. Kuchlanishning nosimmetriyasi ko’p fazali ventilli to’g’rilagich va kondensatorlarning ish rejimini `monlashtiradi. Kondensator batareyalari ulanishi natijasida mavjud nosimmetriya oshib ketadi, chunki tarmoqqa uzatilayotgan reaktiv quvvat kuchlanishning kvadratiga proporsionaldir.
Kuchlanishning nosimmetriyasi bir fazali elektr iste’molchilarning ham normal ish sharoitiga ta’sir ko’rsatadi.
Kuchlanish va tokning nosimmetrikligini pasaytrish uchun nosimmetrik yuklamali iste’molchilarni qisqa tutashuv quvvati katta bo’lgan tarmoqlarga ulash, bir fazali yuklamalarni barcha fazalarga sinchkovlik bilan bir xilda taqsimlash maqsadga muvofiq.
Maxsus simmetriyalovchi qurilmalar yuqorida ko’rsatilgan vositalar yetarli bo’lmaganida qo’llaniladi.
Kuchlanishni nosimmetriyalik darajasi teskari tartibli kuchlanish U2 ni to’g’ri tartibli kuchlanish U1 ga nisbati orqali aniqlanadi:
Ku = U2 / U1 yoki KU= U2 / Un
Normal ekspluatatsiya sharoitlarida sex podstansiyadagi transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi neytral nuqta erga ulangan bo’ladi. Shu sababli, neytral sim bo’lganda, yulduz ulangan elektr iste’molchilarning faza kuchlanishlari transformator ikkilamchi chulg’amlarining faza kuchlanishlariga teng bo’ladi. Bunga sabab, neytral simning qarshiligi liniya simlarining qarshiliklari tengligi, farq qilishidir. Bu qarshiliklarning absolyut qiymatlari esa juda kichikdir.
Agar biron sabab tufayli (masalan, simning uzilishi) neytral simning qarshiligi oshib ketsa, unda faza toklari teng taqsimlanmaganligi sababli transformator podstansiyasi faza kuchlanishlar sistemasining neytral nuqtasiga nisbatan iste’molchilari faza kuchlanishlari tizimidagi neytral nuqta potensialining siljishi sodir bo’ladi.
Neytral nuktaning bunday siljisini UN kuchlanishi orqali topiladi:

bu yerda, UA, UB, Uc - transformator podstansiyasining kompleks faza kuchlanishlari YA, YB, YC -elektr iste’molchi-larning kompleks o’tkazuvchanligi
YN - neytral simning kompleks o’tkazuvchanligi.
Neytralning siljishi kuchlanishning qo’shimcha og’ishiga olib keladi. Shu sababli kuchlanish ogishini aniqlashda UN kuchlanishni hisobga olish zarur.



Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling