Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti va neytral nuqtani siljish kuchlanishini aniqlash


Download 118.35 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi118.35 Kb.
#1832374
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Tajriba

Tajriba qurilmasining tavsifi
1-rasmdagi tajriba qurilmasining sxemasida chiziqli va nochiziqli yuklamaga ega bo’lgan korxonaning elektr ta’minoti sistemasining modeli tasvirlangan va unga filtr kompensatsiyalovchi qurilmalar ishlatilishi mo’ljallangan.
Energotizim bilan bog’lanish liniyasi T1 transformator orqali amalga oshiriladi. (Yuqori kuchlanishli chulg’am yulduz sxemasi bo’yicha ulangan va tarmoqqa AV avtomati K uzgich orqali ulangan, Quyi kuchlanish chulg’amlarining uchlari “abc” va oxirlari “xyz” stendning oldingi paneliga chiqarilgan). R1, R2, R3, R0 qarshiliklar va R5, L nochiziqli yuklamalarni chulg’amlariga ulash V1, V2, V3, V0 avtomat o’zgichlar orqali amalga oshiriladi.
Chiziqli va nochiziqli yuklamalar qayta ulagich P1 yordamida ulanadi. Filtrli kompensatsiyalovchi qurilmasi “B” ketma-ket ulangan kondensator batareyalari va rostlanuvchi R1, R2, R3 reaktorlardan tuzilgan bo’lib, u P4 ulagich orqali ulanadi.
Nazorat-o’lchash qurilmalarining ulanish nuqtasi 1-rasmda ko’rsatilgan. V1 voltmetri T1 transformatorning YUK (ВН) chulg’amidagi faza kuchlanishini ulchash uchun xizmat qiladi.
V2 voltmetri esa T1 transformatorning KK (НН) chulg’amidagi faza va liniya kuchlanishi hamda sxema elementlaridagi kuchlanishni o’lchash uchun hizmat qiladi.
A1, A2, A3 ampermetrlari yordamida T1 transformatorning KK (НН) tomonidagi liniya toklari, A ampermetri bilan esa nol simdagi tok ulchanadi: toklarning qiymati R1, R2, R3 va R0 qarshiliklarga bog’liq.
A1, A2, A3, A4 ampermetrlari tarmoqqa transformatsiyalash koeffitsienti 20/5 bo’lgan tok transformatori yordamida ulangan. Ossillograf chiziqli va nochiziq yuklamalarda kuchlanish chizig’ining shaklini ko’rsatadi. FKU ning samaradorligi A6 milliampermetri yordamida nazorat qilinadi. R5L nochiziq yuklamasi (uning tokining qiymati A7 ampermetri orqali nazorat qilinadi) to’g’rilagich qurilmasi (V4) orqali T2 va T3 transformatorlariga ulanadi.
T2 transformator tarmokka P1 qayta ulagich (uzib-ulagich) orqali, T3 transformator esa P1 va P2 qayta ulagich orqali ulanadi. A5 ampermetri T2 transformatorning KK (НН) tomonidagi tok qiymatini nazorat qilish uchun hizmat qiladi.

Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling