Kuchlanishning nosimmetriya koeffitsiyenti va neytral nuqtani siljish kuchlanishini aniqlash
Tajriba ishini bajarish uchun topshiriqlar
Download 118.35 Kb.
|
8-Tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi
Tajriba ishini bajarish uchun topshiriqlar
1. Har xil rejimli nosimmetrik yuklama uchun transformatorning ikkilamchi cho’lg’ami "yulduz" va "uchburchak" sxemasi bo’yicha ulangan holatda nosimmetriklik koeffitsien-tini aniqlash. 2. Neytral nuktaning siljish kuchlanishini aniqlash. Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi I. Nosimmetrik koeffitsientini aniqlash. 1) P1 qayta ulagich “PN” holatiga qo’yiladi. 3-rasmdagi sxema yig’iladi. V1, V2, V3 va V0 o’zgichlar uziladi. V2 voltmetr yordamida liniya kuchlanishlari Uab, Ubc, Uca lar o’lchanadi (ulchash nuqtalari a, v, s). 2-rasmdagi nomogramma yordamida nosimmetriya koeffitsienti aniqlanadi. Barcha qiymatlar 1-jadvalga yoziladi. 2) Yuklama A fazaga ulanadi (V1 va V0 o’zgichlarni ulash orqali). Yuklama qiymati nominal deb yoki o’qituvchi topshirigi bilan olinadi. A1 ampermetri orqali tok o’lchanadi va V2 voltmetr yordamida ikkilamchi liniya kuchlanishlari Uab, Ubc, Uca (o’lchash nuqtalari a, v, s) aniqlanadi. Nomogramma yordamida nosimmetriya koeffitsienti aniklanadi. Barcha qiymatlar 1-jadvalga kiritiladi. Xuddi shu tajriba yuklamalar V va S fazaga ulangan holat uchun amalga oshiriladi. Xuddi shu o’lchash va hisoblashlar amalga oshiriladi. 3) 4-rasmdagi sxema yig’iladi. 1 va 2 punktlardagi ko’rsatilgan o’lchashlar bajariladi. O’lchash va hisoblash natijalari 1-jadvalga yoziladi. 4) Foydalinilgan qurilmalarning va apparatlarning texnik ko’rsatkichlarini yozib olinadi. 1 – rasm. II. Neytral nuqtaning siljish kuchlanishini aniqlash. 1) 5-rasmdagi sxema yig’iladi. Elektr iste’molchilari (R1, R2, R3) uzilgan holatda tarmoqning faza kuchlanishlari o’lchanadi. Ua, Ub, Uc (o’lchash nuqtasi aB0, bB0, cC0 ) faza va nol simning o’tkazuvchanligi hisoblanadi (GA, GB, GC, GN). Hisoblash va o’lchash natijalari 2-jadvalga kiritiladi. 2) V0 uzgichi orqali R0 qarshilik va V1, V2, V3 uzgichlari orqali R1, R2, R3 elektr iste’molchilarini ulash orqali notekis faza yuklamalari yuzaga keltiriladi. Faza toklari (A1, A2, A3 va A4) va iste’molchilarning UA, UB, UC faza kuchlanishlari o’lchanadi. (o’lchash nuqtalari PI4, PI5, PI6) va tarmoqning faza kuchlanishlari UA, UB, UC o’lchanadi (o’lchash nuqtasi aV0, vV0, sV0). Iste’molchining faza o’tkazuvchanligi (GA, GB, GC) nol simning o’tkazuvchanligi G0 va faza kuchlanishlarining og’ishi U hisoblanadi. 3) Neytral simning qarshiligi R0 ning 3-4 ta qiymati uchun faza toklari (A1, A2, A3 va A4) va iste’molchining kuchlanishi U’A, U’B, U’C manba kuchlanishi UA, UB, UC va betaraf nuqta kuchlanishi UN lar o’lchanadi. Iste’molchining faza o’tkazuvchanligi (GA, GB, GC), nol simning o’tkazuvchanligi G0 va faza kuchlanishining og’ishi U hisoblanadi. Hisoblash va o’lchash natijalari 2-jadvalga kiritiladi. 4) asbob va apparatlarning texnik qiymatlarini yozib olinadi. Download 118.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling