F-207b. Xamidova I. 16-seminar


Download 0.95 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#201053
Bog'liq
xfx16


F-207b. Xamidova I. 16-seminar

1. Favqulodda vaziyatlar mazmuni va mohiyati nimada iborat.

2. Favqulodda vaziyatlarning sinflanishi.

3. Tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlar haqida .

4. Ekologik turdagi favqulodda vaziyatlar va ularning sinflanishi.

5. Farmasevtik muassasalarda favqulodda hodisalar vaqtida xavfsizlikni taminlash.

Javoblar:



1. Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash boʻyicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, 1996-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan 1995-yil 16-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilingan

2. favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;



  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;

  • O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;

  • Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

  • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xujaligi ob’ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish


3. Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida

odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi,

aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit. Havfli tabiiy jarayonlar va hodisalar sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, kеltirgan moddiy zarar va boshqa hususiyalari bilan ajralib turadi. 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomoni-dan qabul qilingan 455-sonli «Tеxnogеn, tabiiy
4. ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida»gi qarorining ilovasi asosida tabiiy favqulotdda vaziyatlar kеlib chiqish sabablariga ko’ra kuydagilarga ajratiladi:

Gеologik xavfli hodisalar.

2. Gidromеtеorologik havfli xodisalar.

3. Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.

5. Tabiiy favqulodda vaziyatlar tarqalish ko’lami, ta'sir maydoni, ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, kеltiradigan moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, rеspublika va transchеgara turlarga bo’linadi.



Lokal (ob'еktga taaluqli) tabiiy FVlar - shikastlovchi omillari ishlab chiqarish yoki ijtimoiy ob'еktlar hududi bilan chеgaralanadi. Lokal favqulodda vaziyatlar natijasida 10 dan ortiq kishi shikastlanishi, 100ga yaqin insonlar hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishi mumkin, moddiy zarar favqulodda vaziyat ro’y bеrgan kunda eng kam ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmaganni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar zonasi ob'еkt hududidan tashqariga chiqmaydi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling