AQLLI ISSIQXONA LOYIHASINI TAYYORLASH , DASTURIY QISMINI YOZISH VA MAKETINI
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining elektronika va avtomatika fakulteti 3-kurs talabasi Azizjon Ergashev «aqlli issiqxona» deb nomlangan ixtirosi bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan, deyiladi «O‘zA» .
U yaratgan qurilma issiqxona ichidagi havo harorati va namligini hamda quyosh yorug‘lik darajasini bir me’yorda ushlab turishga mo‘ljallangan. Qurilmada harorat va namlikni, yorug‘lik darajasini o‘lchovchi maxsus datchiklar mavjud. Agar havo harorati tushib ketsa, isitish pechlari avtomatik tarzda ishga tushadi, agar harorat shunda ham me’yorga kelmasa, ovozli xabar orqali ogohlantiradi. Harorat me’yorda bo‘lganda esa pechlar avtomatik o‘chiriladi. Agar xona harorati me’yordan ortib ketsa, «aqlli issiqxona» oynalarini o‘zi ochadi. Shunda ham harorat oshishi davom etsa, ventilyasiya tizimi ishga tushib, havoni sovutish jarayoni boshlanadi.
Tuproq namligi pasayganini aniqlagan qurilma avtomatik tarzda sug‘orish ishlarini amalga oshiradi. «Aqlli issiqxona» tomidagi pardalar esa quyosh
yorug‘lik darajasi oshganda qo‘l keladi. Barcha ma’lumotlarni qurilma va kompyuter monitorlarida ko‘rib turish imkoni mavjud. Qurilma sodda tuzilgan, o‘zbek tilida ishlab, pult orqali boshqariladi.
– Mazkur ishlanma X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilib, olimlar va ishtirokchilarning e’tiboriga sazovor bo‘ldi, – deydi Azizjon Ergashev. – Shu bois ixtironi joriy yilda amaliyotga tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda. Kelajakda mazkur ixtironi yanada takomillashtirib, issiqxonaning barcha ma’lumotlarini mobil telefon orqali ko‘rish va boshqarishni, uning quyosh batareyalari orqali ishlashini ta’minlamoqchimiz.
Aqlli uy tizimi: iqlim nazorati. Ichki mikroiqlimni nazorat qilish tizimi
Issiqxonalar, hatto arxaik, juda oddiy - bu odam o'zini yaratuvchi sifatida his qilishi, zukkoligini namoyon qilishi, yorqin his -tuyg'ularni boshdan kechirishi, sog'lig'ini yaxshilashi va o'z oilasi uchun organik sabzavotlar va ko'katlarni o'stirishi mumkin bo'lgan ajoyib joy. Lekin issiqxonada sabzavot va ko‘katlar yetishtirishga ilmiy yondashuv, zamonaviy bilimlarni qo‘llagan holda, mavjud uskunalardan foydalangan holda jiddiy yondashish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |