F. B. Axrorov tdiu sf o‘quv ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari, I f. n
Download 84.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikkinchi va undan keyingi ta\'lim dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit ( tarmoqlar bo‘yicha ) 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish 5230700 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
- ANNOTATSIYA
- TUZUVChILAR
- TAQRIZChILAR: Sh.T.Hasanov – Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori, i.f.d. H.I.Turdibekov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish 5230700 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilar uchun maxsus fanlardan D A S T U R SAMARKAND – 2022 ANNOTATSIYA Dastur 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410200 – Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlarining 2021/2022 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVChILAR: F.B.Axrorov – TDIU SF – O‘quv ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari, i.f.n., dotsent. O.Pardayeva – TDIU SF – “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri (PhD). M.Xolmurzayev – “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya” kafedrasi mudiri dotsent. A.K.Amonov – “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri (PhD). U.Xudoyarov – “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri (PhD). TAQRIZChILAR: Sh.T.Hasanov – Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori, i.f.d. H.I.Turdibekov - TDIU Samarqand filiali Iqtisodiyot fakulteti dekani, i.f.n., dotsent. Dastur Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 2022 yil 28 iyundagi № 11-sonli O‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan. KIRISH Dastur 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410200 – Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilarning iqtisodiy bilimlar va axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini aniqlash va baholashga qaratilgan. 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – iqtisodiy fanlar sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u Davlat hokimyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar faoliyatining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat tamoyillari, likvidliligi va to‘lov qobilyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda buxgalteriya hisobi va audit faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyati tamoyillari, usullari va vositalari majmuini qamrab oladi. 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi - iqtisodiyot va moliya sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u o‘z ichiga davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq ma’murchiligini tashkil etish, moliya organlarida soliqni boshqarish, rejalashtirish va prognoz qilish, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda, soliq maslahati tashkilotlarida soliq maslahati xizmatlarini ko‘rsatish, ilmiy - tadqiqot muassaslari va jamoat birlashmalari; davlat boshkaruv organlari; soliq madaniyatinig funksional tizimlarini ishlab chiquvchi va targ‘ib qiluvchi birlashmalar, jamg‘armalarning faoliyat ko‘lamini qamrab oladi. 6010500- Bank ishi va audit bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi – tijorat banklari faoliyatining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat tamoyillari, likvidliligi, barqarorligi va to‘lov qobilyatini ta’minlash usullari, banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish, barcha bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobida aks ettirish, ichki nazoratning tashkil etilishi, bank faoliyati auditini tashkil qilish va va o‘tkazish, moliyaviy hisobotlarni tuzish, moliyaviy hisobotlarni auditdan o‘tkazish, auditorlik xulosalarini tayyorlar, bank mijozlariga kompleks xizmat ko‘rsatish masalalar majmuasini qamrab oladi. 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan 4 ta asosiy fanlari bo‘yicha: “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizmlar”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 84.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling