F. B. Axrorov tdiu sf o‘quv ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari, I f. n


Download 84.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.06.2023
Hajmi84.55 Kb.
#1653723
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikkinchi va undan keyingi ta\'lim dasturi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
 
 
 
 
 
5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha
5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish 
5230700 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 
ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilar uchun maxsus 
fanlardan
 
 
D A S T U R 
 
SAMARKAND – 2022 


ANNOTATSIYA 
Dastur 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha),
60410200 – Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim 
yo‘nalishlarining 2021/2022 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar 
asosida tuzilgan. 
TUZUVChILAR:
F.B.Axrorov – TDIU SF – O‘quv ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari, i.f.n., 
dotsent.
O.Pardayeva – TDIU SF – “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti” 
kafedrasi mudiri (PhD). 
M.Xolmurzayev – “Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya” kafedrasi mudiri 
dotsent. 
A.K.Amonov – “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi 
mudiri (PhD). 
U.Xudoyarov – “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi 
mudiri (PhD). 
TAQRIZChILAR:
Sh.T.Hasanov – Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori, 
i.f.d. 
H.I.Turdibekov - TDIU Samarqand filiali Iqtisodiyot fakulteti dekani, i.f.n., 
dotsent. 
Dastur Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 2022 yil 
28 iyundagi № 11-sonli O‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va 
tasdiqlangan. 


KIRISH 
Dastur 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha),
60410200 – Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim 
yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilarning iqtisodiy 
bilimlar va axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy bilimlari hamda 
amaliy ko‘nikmalarini aniqlash va baholashga qaratilgan. 
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – iqtisodiy fanlar 
sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u Davlat hokimyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston 
Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar faoliyatining barcha yo‘nalishlari, 
iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat tamoyillari, likvidliligi va to‘lov 
qobilyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar, xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlarda buxgalteriya hisobi va audit faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 
faoliyati tamoyillari, usullari va vositalari majmuini qamrab oladi. 
60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi - iqtisodiyot 
va moliya sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u o‘z ichiga davlat soliq xizmati 
organlari tizimida soliq ma’murchiligini tashkil etish, moliya organlarida soliqni 
boshqarish, rejalashtirish va prognoz qilish, turli mulkchilik shaklidagi korxona va 
tashkilotlarda, soliq maslahati tashkilotlarida soliq maslahati xizmatlarini ko‘rsatish, 
ilmiy - tadqiqot muassaslari va jamoat birlashmalari; davlat boshkaruv organlari
soliq madaniyatinig funksional tizimlarini ishlab chiquvchi va targ‘ib qiluvchi 
birlashmalar, jamg‘armalarning faoliyat ko‘lamini qamrab oladi. 
6010500- Bank ishi va audit bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi – tijorat banklari 
faoliyatining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat 
tamoyillari, likvidliligi, barqarorligi va to‘lov qobilyatini ta’minlash usullari
banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish, barcha bank 
operatsiyalarining buxgalteriya hisobida aks ettirish, ichki nazoratning tashkil 
etilishi, bank faoliyati auditini tashkil qilish va va o‘tkazish, moliyaviy hisobotlarni 
tuzish, moliyaviy hisobotlarni auditdan o‘tkazish, auditorlik xulosalarini tayyorlar, 
bank mijozlariga kompleks xizmat ko‘rsatish masalalar majmuasini qamrab oladi. 
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5230800 – 
Soliqlar va soliqqa tortish, 60410500 - Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlari 
bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchi talabalar uchun ta’lim 
yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan 4 ta asosiy fanlari bo‘yicha: “Iqtisodiyotda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizmlar”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, 
“Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu 
fanlar o‘z negizida qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. 



Download 84.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling