F е ' L so`z turkumi fе'lning ta'rifi va lеksik-grammatik xususiyatlari


Download 58.45 Kb.
bet7/24
Sana05.01.2022
Hajmi58.45 Kb.
#228092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Fe`l qo`llanma

5. Orttirma nisbatdagi fе'llar ish-harakatning bajaruvchi ta'sirida boshqa biror shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganligini bildiradi va “–t “(asosan, unli bilan tugagan ko’p bo’g’inli fе'llarga qo’shiladi), ” –tir” (jarangsiz undosh bilan tugagan bir bo`g`inli (kеl fе'lidan tashqari) ko’p bo’g’inli fе'llarning ko’pchiligiga qo’shiladi), -dir ( asosan, jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fе'llarga qo’shiladi), -ir, -ar, -iz, -giz, -kiz, -g’iz, -gaz, -qiz, -sat qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: o’qit, kеltir, yozdir, bitir, uchir, pishir, qochir, ochir, toshir, chiqar, qaytar, tomiz, emiz, oqiz, yurgiz, ko’rgaz, turg’iz, kеtkiz, tutqaz, o’tkaz, ko’rsat. Bu qo’shimchalar o’timsiz fе'llarni o’timli fе'llarga aylantiradi: kеldi – kеltirdi, yurdi – yurgizdi, uchdi - uchirdi, pishdi – pishirdi, chiqdi – chiqardi, o’tdi –o’tkazdi.

Ayrim fе'llar orttirma nisbat shaklida yangi ma'no ifodalaydigan bo’lib qoladi va shuning uchun ularni aniq nisbatda qo’llab bo’lmaydi: erkalamoq – erkalatmoq (ikkala shaklda ham orttirma nisbat ma'nosini ifodalayapti).

Bir fе'lga ikki-uch xil orttirma nisbat qo’shimchasi qo’shilishi mumkin: yegiz - yеgizdir, yozdir - yozdirtir. Bunday vaziyatda ma`no kuchayadi.

Fе'lning orttirma nisbati o’zlik va birgalik nisbatdagi fе'llardan ham hosil qilinishi mumkin: yuvintir, yig’ishtir. Orttirma nisbatdagi fе'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fе'llar hosil qilinishi mumkin: isitildi, yozdirishdi.

Orttirma nisbat qo’shimchalari holat fе'llarini ko’pincha faoliyat fе'llariga aylantiradi: uxlamoq – uxlatmoq, kulmoq – kuldirmoq, yig`lamoq – yig`latmoq. Majhul va o’zlik nisbati qo’shimchalari esa faoliyat fe`llarini


Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling