F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet117/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

ixtiyoi'siz;

  • ixtiyoriy; v) mexanik.

    1. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:

    1. qisqa muddatli xotira;

    2. uzoq muddatli xotira; v) operativ (tezkor) xotira.

    1. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:

    1. musiqiy;

    2. eshitish xotirasi;

    1. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:

    1. fenomenal;

    2. kasbiy.

    Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
    Xotira turlari

    Materialning davomiyligiga ko'ra
    Psixik akiivlik faoliyatiga|_ ko'ra i


    V
    /1

    Qisqa muddatli

    Harakat

    Uzoq muddatli

    Obraz

    Faoliyat maqsadiga ko'ra




    Fmotsional

    Operativ
    iaS L/



    /
    So'z ma'no
    Ixtiyorsiz Ixtiyoriy
    Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql- zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ulaming mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg'ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
    Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqalami esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
    170
    Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalami xotirasida mutiaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo’lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o’zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g’oyat ahamivati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo’lmaganda edi, o’zini har gal "boshdan boshlab" o’rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika: chopish, xatti-harakatiar. badiiy gimnastika bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qo’llar", ziyrak ko'zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchaniikka ega bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alcmati bo’lib hisoblanadi.
    His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyoj larimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalaming xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib rurish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
    Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalami esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
    Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har bir odamga o’z turmush tajribasidan ma'lumki, ko’pincha, qachonlardir o’qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog’lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o’xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to’lqinini barpo etish ehtimoli to’g’risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
    Obrazli xotira - tasawurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’tiq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalaming aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog’Ianishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
    Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko’rsatiladi va ular quyidagilardan iborat.
    Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko’rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlaming namoyon bo'lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub'ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuborilsa, jumladan 10- 15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so’ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o’mida xuddi shunday geometrik shakl izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o’sha zahoti, ba'zan bir necha sekunddan key in paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o’sha ob'ektda saqlanib turadi, shundan so’ng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o’zining aniq qon turini yo’qotadi, keyinchalik mutlaqo yo’qolib ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’lishi mumkin. Odamlaming individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlaming aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi.
    O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo’linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so’ngra nigohini oq qog’ozga ko’chirsa, u holda ob'ektda ko’k-yashil rang paydo bo’lganday ko’rinadi. Izchil obrazlaming ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi kelma-ketlik hodisasi namoyon bo’ladi. Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan. qo’l yaqinlashtirilsa so’ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq o’chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalaming aniq obrazini ko’rishda davom etadi. Mazkur obraz o’z rangida bir qancha muddat saqlanib, sc’ng ko’zdan yo’qoladi.
    Izchi! obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo’la oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi.
    Izchil obrazlaming eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kucbliroq namoyon bo’lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi.
    Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlami farqlash an'ana tusiga kirgan bo’lib, "eydos" yunoncha ' obraz" degan ma'noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta'riflab berildi. Ba'zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan olib qo’yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqianish xususiyatiga ega.
    Mazkur narsa va jismlaming aniq obrazlari, tasvirlami kuzatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko’rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan so’ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq texnik obrazga ega bo’lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
    Tajribalaming ko'rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ulaming yo’llari yopilib qolgan bo’lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ulaming siymosi qayta tiklanishi mumkin.
    Rus psixologiyasida eydetik obrazlaming namoyon bo’lish hodisasi A.R. Luriya tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan va shunga ko’ra eydetik xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta'riflab berilgan. Eydetik
    172
    obrazlar harakatianish xususiyatiga ega bo’lib, sub'ektlaming oldiga qo’yilgan vazifa va uning tasawurlari ta'siri ostida o’zgartirish mumkin.
    Aka-uka Vcuishlar tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo’lgan tekshiruvchiga olrna va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko’rsatilgan. Rasm o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani so’ralgan. Muayyan yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo’lib, sub'ektning ruhiy ko'rsatmasi ostida sifat va miqdor o’zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi.
    Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko’rsatishicha, eydetik obrazlami kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
    Tasawur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi va ulaming xususiyatlari haqida tasawurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to’g’risida tasawurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub'ektning ongida shu obrazlaming izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasawur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasawur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasawur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasawur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasawur obrazlari ko’rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiv qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to’g’risidagi tasawur obrazi uning tashqi ko’rinishi, mazasi, oqirligi, vaznini o’zaro birlashtirib aks etadi.
    Tasawur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasawurlami aqliy jihatdan qayta ishlashni o’z tarkibiga kiritadi va jismlaming asosiy xususiyatlari ajratilib, ma'lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlami ajratib ko’rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
    Demak, tasawur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalaming izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasawur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilami tajriba bilan bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bulaming barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi.Tasawur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.
    Tasawur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatiiii muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligi dan dal&let befedl.
    173
    So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ulami ifbdalash faqat o’zlashtiriJayotgan materiallaming asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ulami so’zma-so’z ifodalanishini ay nan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishianmasa, u holda materialni so’zma- so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
    So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jinatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so’z- mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlaming rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
    Xotira turlaiiga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
    Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlami esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so'z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlami esda saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ulami qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
    Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgar. vazifalami bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga qaramay, esda olib qoiinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so'ng u material bilan olti marta o’ib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
    Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy
    174
    ahamiyatga ega bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, axborot, ta'surotlaming ko’pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
    So’nggi paytiarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilaming e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’icn daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
    Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddai talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlami mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bc’lib o’tgan hodisalaming aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalami go’yo ko’rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlami qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
    Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
    Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
    Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalami yodda saqlasbga intilamiz, nihoyasiga yaqiniashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
    Mazkur holat matnni talaba yoki o’quvchi tomonidan o’qishda, uni ko’chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amaiga oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.


    Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   166




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling