Retroaktiv tormozlanish - (lot. Retru - orqaga, activus - faol, harakatchan) - oldin eslab qolingan materiallami keyingi faoliyat ta'sirida vaqtincha unutish.
Tanib olish - oldin esda qoldirilgan narsalami qayta idrok qilish orqali obraz tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
Uzoq muddatli xotira - xotira turlaridan. Bu bilimlarni, shu bilan birga ko’nikma va malakalami uzoq vaqtgacha esda saqlashni ta'minlaydi, hamda g’oyat ko’p hajmdagi axborotni esda tutish bilan xarakterlanadi.
Unutish - oldin esda olib qolingan ma'lumotlami keyinchalik qayta esga tushira olish imkoniyatining yo'qligi jarayoni.
Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo’lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.
184
Esga tushirish - xotira jarayonlaridai biri, buning natijasida oldin esda olib qolingan bilimlami faollashtirish yuzaga keladi.
Esda olib qolish - yangi qabul qilingan axborotlami oldin egallangan bilim va tajribalar bilan bog’Iangan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Qisqa muddatli xotira - qisqa rr.uddatga esda qoldirish ta'minlaydigan xotira
turi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Xotira haqida tushuncha.
Xotira turlari.
Xotirajarayonlari.
Xotira tiplari.
Xotira tasawurlari.
Xotira borasidagi tadqiqotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |