F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya


Download 0.68 Mb.
bet59/166
Sana18.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1680399
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Bog'liq
F. I. Xaydarov, N. I. Xalelova umumiy psixologiya

A Д/Malaka faoliyat tarkibida o’ziga xos o’rin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
85

  1. mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash;

  2. harakat namunasini esda olib qolish;

v) malaka namunalarini ко 'p marta bajarish, mashq qilish;
g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi;
d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko’nikma deyiladi.
Malaka turli yo’llar bilan ko’rsatish, tushuntirish, ko’rsatish va tushuntirishni qo’shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko’nikma va malaka odamning o’z tajribasida awal egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko’nikmalamlng ayrimlari kishining ko’nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko’nikmalami o’zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalaming o’zaro ta'siri deyiladi.
Awal hosil qilingan malakalaming yangi malakalarga ijobiy ta’siri malakalaming ko’chishi yoki malakalar induksiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo’lgan ko’nikmani, fizikada qo’llash mumkin.
Faoliyatning yana bir qismi odat bo’lib, ko’nikma malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odatda odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo’naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va kerakli harakatlar bo’lmasligi mumkin.
^ Faoliyatning asosiy turlari
Odamlaming faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida taraqqiyotning asosi hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.
Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlaming paydo bo’lishi va taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faoliyati uning kamoloti davomidaffaqat asta-sekin ta'lim va tarbiyaning ta'siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini egallab boradi. Inson faoliyati asosan uch turga bo’linadi: o’yin, mehnat, ta'lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
O’yin. Bola bir yoshga to’lgandan boshlaboq unda faoliyatning sodda shakllarini egallash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shart- sharoitlardan birinchisi o’yindir. O’yin faoliyatini hayvon bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlaming yosh bolalarida kazatiladigan o’yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug’ullanish, yolg’ondakam urishishlar, yugurishni va shu kabilami kiritish mumkin. Bolalarda ham o’yin ularning faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo’lsa, uning manbai tahlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli o’yinlami o’ynaydilar.
86
O’yin narsa va hodisalaming rrmzmunini boianing o'z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlami ishlata bilishga mashq qildiradi. Boianing shaxsiy sifatlari boshqalar bilan mimosabatlarda tarkib topib boradi. O’yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo’sinda atrof-muhit to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlami o’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So’z bilan harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyati tusini oladi va muayyan ma'noda axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki о’yin aynan kattalar xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomcnlarini egallashga harakat qiladi.
O’yin dastawal bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funksiyasini bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga o’sib o’tadi. Rollar, ma’noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilgandan to maktab ta'limigacha uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi, shuningdek o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin.
Ta'lim faoliyati o’yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma'lum axborotlami, bilimlami, harakatlar va amallami o’zlashtirishdan iboratdir. Odamning o’z maqsadiga ko’ra batamom o’rganish va o’zlashtirishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyati ta'lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta'lim faoliyati o’z ichiga quyidagi jarayonlami oladi: ma'lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob'ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlami o’zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya'ni bilimlami o’zlashtirishda yuzaga keladigan usul va operasiyalami egallash, bu jarayonlaming mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta’lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo’lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Ta'lim faoliyati ma'lum ravishda tashkil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. \j Katta yoshli kishilar bolalaming taraqqiyotiga faol ta'sir etib, ularning ta'lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlami tashkil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlami insoniyat ijtimoiy tajribasini o’rganish tomon yo’naitirishdir. Shunday qilib, ta'lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashkil qilinib, boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma'lumki, ta'lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog’liqdir. Biznir.g maktablarimizda har ?anday ta'lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega, bolalarga u yoki bu fan bo’yicha ta'lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ulami biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabdagi tarbiyaviy ishlami asosan tushuntirish, ishontirish, ko’rsatish, rag’batlantirish, talab qilish, vazifa berish va jazolash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktabdagi barcha tarbiyaviy ishlami asosiy maqsadi o’quvchilami vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Mehnat faoliyati - ma'lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma'naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma'lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo’ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste'mol qilinadigan narsalami, ya'ni non,
87

mashinalar, turli ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlash, ya'ni kiyim-kechak oziq- ovqat va boshqa shu kabi narsalami ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lishi mumkin.
Mehnat faoliyati o’z mohiyati jihatdan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli birorta kishi ham o’ziga kerak bo’ladigan narsalami faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshdan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. Shuning uchun odam hayoti uchun zarur bo’lgan hamma narsalami jamiyatdan oladi, o’z ehtiyojlarini qondiradi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling