F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Inson ongining rivojlanishi
Download 0.61 Mb.
|
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Inson ongining rivojlanishi
Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o’rtasida katta farq mavjud. Hayvonlar "tili"bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo’lmaydi. Hayvon o’z to’dasidagi boshqa o’ziga o’xshash hayvonlarga ayni chog’dagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajribani o’tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili o’rtasidagi farqqa bog’liqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko’rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir-biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo’ymaydi. Aniq vaziyatda qurol o’z rolini o’tab bo’lgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yo’qotadi. Odam ilgaridan o’ylab qo’yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qo’yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o’rganadi va o’zi bu tajribani boshqalarga o’rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidagi uchinchi farqi shuki, inson o’zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o’rtasidagi to’rtinchi g’oyat muhim farq hissiyot o’rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo’lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o’zlashtirmas ekan, o’ziga o’xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati, ya'ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo’lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta'sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta'sir ko’rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyusion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob'ektiv, barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak-atrofdagi voqelikni o’zgartira oladi. Demak, inson psixikasining oliy bosqichini ong deb atash mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling