F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Download 1.83 Mb.
|
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAYOL Xayol haqida tushuncha
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986 г Гиппенрейтер Ю.Б Введение в общую психологию: Курс лекций: Учебное пособие для вузов –М.; ЧеРо 1997 Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y Джемс В. Психология.- М., 1991 Запорожец А. В. Избранные психологические труды: В 2-х т. Т. 1 / Под ред. В. В. Давыдова, В. П. Зинченко. — М.: Педагогика, 1986. Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y Лейтес Н. С, Возрастные предпосылки умственных способностей // Хрестоматия по психологии. — М.: Просвещение, 1987. Маклаков А.Г Общая психология М.; “Питер” 2003 Немов Р.С Психология 1-китоб М;. 1999 г Nishonova Z.T Mustaqil ijodiy fikrlash T; "Fan" 2003 y Общая психология: Курс лекций/ Сост. Е.И.Рогов.-М.: Владос, 1995 Psixologiya qisqacha izohli lug’at T-1998 y Пушкин В. Н. Эвристическая деятельность человека и проблемы современной науки // Хрестоматия по психологии. — М: Просвещение, 1987. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии.-СПб.: «Питер» 1999 Смирнов А. А. Избранные психологические труды: В 2-х т. Т. 2. — М.: Педагогика, 1987. Теплов Б. М. Избранные труды: В 2-х т. Т. 1. — М.: Педагогика, 1985. Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 y Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y G’oziev E.G’.Tafakkur psixologiyasi T; "O’qituvchi" 1996 XAYOL Xayol haqida tushuncha Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling