Tayanch tushunchalar
Motiv (lot. movere - harakatga keltirmoq) - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Motivlar kurashi (lot. motivus - harakatchan) - qaror qabul qilish bilan bog’liq irodaviy harakatlar bosqichi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Motiv tushunchasining mohiyati.
2. Motivatsiya tushunchasining mazmuni
3. Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari.
4. Motiv muammosiga doir mulohazalar.
5. Shaxs shakllanishida motivatsiyaning roli.
Test topshiriqlari
1.Motivatsiya -bu psixika orqali hosil bo’ladigan determinasiyadir. Mazkur fikr muallifi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) Z.Freyd B) A.G.Kovalev V) A.Adler G) K.Yung D) S.L.Rubinshteyn
2.Motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi sub'ektiv tarzda aks ettirish demakdir. Mazkur fikr muallifini aniqlang?
A) Z.Freyd B) A.G.Kovalev V) A.Adler G) K.Yung D) S.L.Rubinshteyn
3.Psixolog olim Ollport tomonidan ichki motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan uchta motivasion tushunchalarni tahlil qilgan ular qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) funksional avtonomiya B) yetarli darajadagi harakat V) "Men" ning jalb qilinganligi G) to’g’ri javob berilmagan D) barcha javoblar to’g’ri
4."Qiziqish- motivatsiyaning o’ta teran darajalarida qatnashadi". Mazkur fikr muallifi qaysi qatorda ko’rsatilgan?
A) Z.Freyd B) A.G.Kovalev V) G.Olport G) K.Yung D) S.L.Rubinshteyn
5.O’quv faoliyati jarayonidagi qarama-qarshilik, motivatsiya ijod va shaxs muammolari qaysi olim tomonidan o’rganilgan?
A) A.A.Fayzullaev B) V.I.Ivannikova V) S.L.Rubinshteyn G) M.G.Davletshin
D) E.Usmonova
6.O’smir yoshidagi o’quvchilarning o’qish motivlarini va qadriyatlarini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot ishi qaysi olim tomonidan olib borilgan?
A) A.A.Fayzullaev B) A.Saitova V) S.L.Rubinshteyn G) M.G.Davletshin
D) E.Usmonova
Do'stlaringiz bilan baham: |