F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Aniq faoliyat turlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari


Download 1.83 Mb.
bet32/229
Sana26.01.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1129196
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   229
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова(1)

Aniq faoliyat turlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  • Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.

  • Shaxs va jamiyatga bo’lgan munosabatni o’rganuvchi psixologiya sohalari.

    Psixologiya fani sohalarini tuzilish tarkibi quyida jadval aks ettirilgan.



    • Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:

    - mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;
    a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
    b) aviasiya psixologiyasi- uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
    v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi.
    Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
    a) ta'lim psixologiyasi;
    b) tarbiya psixologiyasi;
    v) o’qituvchi psixologiyasi;
    Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
    a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;

    Download 1.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   229




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling