F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari
Download 1.83 Mb.
|
UMUMIY PSIXOLOGIYA Хайдаров, Халилова(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E.Torndayk va Dj.Uotsonlar
- _R"_dir.__Freydizm">"S -> R" dir. Freydizm
- K.N.Kornilov
- Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha
Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari
Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o’z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo’lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo’nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo’nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo’nalishi hayvonlarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo’lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. "Bixeviorizm" ingliz tilida "xulq-atvor" degan ma'noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, xulq bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo’zg’atuvchi), ya'ni sezgi a'zolariga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga o’q otish, unga qanday javob reaksiyasi bo’lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug’dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi "S -> R" dir. Freydizm yo’nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e'tibor qozondi. 1923-yilda psixologlarning birinchi yig’ilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o’zbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar o’zlarining g’oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan "mustaqillik", "tanqidiylik" kabilarni shakllantirishga e'tibor bermoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo’lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma'naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o’stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo’limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o’tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho’lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko’paydiki, ular ma'lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo’lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. Shunga ko’ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling