F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Download 1.86 Mb.
bet31/229
Sana11.03.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1259805
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   229
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA 1

1. Determinizm tamoyili;
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili;
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili.
Psixologiya tamoyillarining jadval ko’rinishi.

Tamoyil - ma'lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko’ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o’zgarishi bilan o’zgaradi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi.


Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko’ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o’rganish orqali xatti-harakatlardan ko’zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya'ni psixikani ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko’ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to’g’ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o’z aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta'lim psixikani rivojlantirishga yo’naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o’yinlar bilan o’spirinlik yoshida o’qish bilan bog’liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn "Ong faoliyatda paydo bo’lib, faoliyatda shakllanadi" degan edi.
Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o’ziga xos ob'ektga ega bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o’rganish qulay bo’lishi uchun tarmoqlarni ma'lum tizimga keltirish maqsadida ma'lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling