F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Download 1.86 Mb.
bet9/229
Sana11.03.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1259805
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   229
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA 1

Chap yarim shar

O'ng yarim shar

1.

Xronologik tarkib

O'tayotgan vaqt

2.

Xarita va chizmalarni o'qish

Aniq makon

3.

Nomlarni, izlarni belgilarni yodda saqlab qolish

Tasavvurlar, aniq voqealarni yodda saqlab qolish

4.

Nutq faoliyati mohiyatini his etish

Emosional holatni idrok etish

5.

Olamni xursandchilikda osoyishta ko’rish

Olamni g'amgin holda ko'rish

6.

Batafsil idrok qilish

Yaxlit idrok qilish

Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
Ong haqida tushuncha
Ong-psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir.
Ongning birinchi xossasi - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi tashqi olamga doir bilimlar yig’indisidan iboratdir. Anglash tashqi olamdagi narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi.
Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya'ni odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling