F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi


Download 0.7 Mb.
bet59/230
Sana19.08.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1668238
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230
Bog'liq
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi
Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro’y berishi ko’p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog’liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o’rganish zaruratini vujudga keltiradi.
Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo’lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.
Insonning inson tomonidan idrok etilishi "ijtimoiy persepsiya" deyiladi. Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan bo’lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama boshqacharoq ma'noga ega bo’lib, u ijtimoiy ob'ektlarni, ya'ni odamlar ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin:
A. o’z guruhiga munosib individni;
B. boshqa guruhga mansub individni;
C. o’zining guruhini;
D. o’zga guruhni.
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin:
A. o’z individini;
B. o’zga guruh individini;
C. o’zini;
D. o’zga guruhni.
Rus psixologi A.A.Bodalev "insonni inson tomonidan idrok etilishiga" sinonim ravishda "insonning boshqa insonni bilishi" iborasini qo’llaydi. Inson jamiyat a'zosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo’ladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, "biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab uni o’qiymiz". Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs
ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.
"Boshqa odamni bila turib, o’rganayotgan individning o’zi ham shakllanadi"- deb yozadi L.S.Vigotskiy.
Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub'ektdir. Demakki o’zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir-birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini bilishlari va o’zlarini qarama-qarshi tomon o’rniga g’o’ya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi:

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling