F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Download 0.7 Mb.
bet211/230
Sana19.08.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1668238
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   230
Bog'liq
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Tayanch iboralar
Genotip (yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Dinamik stereotip (yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.
Introversiya - shaxsning o’z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o’z-o’ziga tayanishi.
Milliy xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos xususiyatlar.
Milliy sterotip (yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum illatning obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - atvorini namoyon qiladi.
Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his-tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Fiziognomika (yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.
Xiromantiya (yunon, cher - qo’l, man - fol) - odamning kaftiga qarab uning xarakteri, taqdiri bo’yicha fol ochish.
Xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.
Xarakter aksentuatsiyasi (yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus – urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).
Ekstraversiya (lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Xarakter haqida tushuncha.
2. Xarakter tipologiyasi.
3. Xarakter aksentuatsiyasi.
4. Xarakter tarkibi.
5. Xarakterning shakllanishi.
6. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari.
7. Xarakter borasidagi talimotlar tarixida.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling