Savol: Bo`rni qanday ushlash kerak?
Javob: Bo’r o’ta va bosh barmoqlarning o’rtasida yengil ushlanadi.
87.Savol: Sinf taxtasi qanday bo`lishi kerak?
Javob: Sinf taxtasi tekis g’adir-budursiz va yoriqlarsiz bo’lishi va bo’yash uchun maxsus tayyorlangan qora bo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim.
88.Savol: Boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilishi zarur bo’lgan eng asosiy yozuv usullariga nimalar kiradi?
Javob:
Chiziqli usul.
Genetik usul
Namunaga qarab yozish usuli.
Namunaga qarab ko’chirish usuli. 5. Nusxa ko’chirish usuli.
Tasavvur orqali yozish usuli.
Ritmik usul(sanoq-ohang)
Harf shakllarini tahlil qilish usuli
Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli
10.Qo’l harakatini mashq qildirish usuli
89. Savol. Qaysidir harfni yozilishini o’rganish uchun o’quvchi bu harf qanday belgilarga ega ekanligini ,harfdagi alohida elementlarning joylashish o’rnini uning kattaligini va hokazolarni o’rganib olishi kerak. Bu qaysi usul?
Javob: Chiziqli usul.
90.Savol:Qaysi usul to’g’ri yozishga o’rgatishning asosiy uslubi hisoblanadi?
Javob: Genetik usul.
.Savol: Genetik usulning afzallik tomoni qanday?
Javob: o‘quvchi 1-2 ta elementni o‘zlashtirib olib, shakli jihatidan soddaroq bo‘lgan harfga o‘tadi. So‘ng o‘rgangan harfiga biror yangi elementni qo‘shish orqali tuzilishi jihatidan murakkabroq bo‘lgan yangi harfni yozishga, so‘ng bo‘g‘in, so‘z, gap va matn yozishga o‘tiladi.
. Savol:Genetik usulda yozish jarayoni qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob:
1. O‘qituvchi husnixat daqiqasini e’lon qiladi. O‘quvchilar mashg‘ulotga kerakli yozuv anjomlarini tayyorlab qo‘yadilar.
2. O‘qituvchi ko‘rgazma vositasida va sinf doskasida harf yoki so‘zning yozilish tartibini amaliy ko‘rsatish orqali tushuntirib beradi. O‘quvchilar esa o‘qituvchining yozish jarayonidagi qo‘l harakatlarini kuzatib boradilar.
3. O‘qituvchi tomonidan yozilgan harf yoki so‘z tahlil qilinadi. Havoda yozish mashq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |