F ikramova d asadova
Download 1.26 Mb.
|
Husnixat metodikasi Murojaat2.1 guruhi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Abdulla Xolbo‘tayevning @MUROJAAT 2
- 3.Savol
- 7.Savol
MA’LUMOTLARNI TAYYORLASHDI: Ikramova Feruza Israilovna Toshkent viloyati Chinoz tumani 33-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilnoza Asadova Cho‘liyevna Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 14-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi (Abdulla Xolbo‘tayevning @MUROJAAT 2 telegram guruhi uchun) tayyorlandi Husnixat o`qitish metodikasi 1.Savol: ”Husnixat va uni o’qitish metodikasi” fanining maqsadi nechta? Javob: 3 ta 1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish. 2. Talabalarni - bo’Ig’usi o ’qituvchilami husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish. 3. Boshlang’ich ta’lim o ’qituvchilarini husnixatga o‘rgatish metod va usullari bilan qurollantirish. 2.Savol: Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi? Javob: talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish; boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish; boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish. 3.Savol: Husnixat bilan yozish o’quvchilarda qanday madaniyatni tarbiyalaydi. Javob: husnixat bilan yozish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. 4. Savol:Dastxatga pala-partish va bee'tibor munosabatda bo‘lish o‘quvchilarning qanday savodsizligini keltirib chiqaradi? Javob :Dastxatga pala-partish va bee'tibor munosabatda bo‘lish o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. 5.Savol:Husnixat darslarida barkamol shaxs tushunchasi ichiga qanday tarbiya kiradi? Javob: Husnixat darslarida barkamol shaxs tushunchasi ichiga tozalik, tartiblilik tarbiyasi kiradi. 6.Savol: Husnixat va uni o’qitish metodikasi nimaning ta’lim-tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi? Javob: Husnixat va uni o’qitish metodikasi ham pedagogikaning ta’lim-tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi. 7.Savol: Husnixat va uni o‘qitish metodikasining asoslaridan yana biri qaisi fan? Javob: Husnixat va uni o‘qitish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir. 8.Savol: Psixalogiya qanday tushunchalar haqida ma‘’lumot beradi. Javob: Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida m a’lumot beradi. 9.Savol: Husnixat va uni o ’qitish metodikasi qaysi fanlar bilan ham uzviy aloqadadir? Javob: Husnixat va uni o ’qitish metodikasi fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik vatarix fanlari bilan ham uzviy aloqadadir. 10.Savol: O‘quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo’l harakatlari, yozganlarini to’g’ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa, yozuv uchun tanlangan matnni tahlil qilishda qaysi fan materiallariga tayanadi? Javob: O’quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo’l harakatlari, yozganlarini to ’g’ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa, yozuv uchun tanlangan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga tayanadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling