Savol: Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyilining vazifasi?
Javob:. Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki bosqichida o‘qish va yozuv bog‘lab olib boriladi. O‘quvchi yaxshi o‘qish sifatlari (to‘g‘ri, ongli, tez va ifodali o‘qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o‘rgatilib boriladi.
Savol: Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyilining vazifasi?
Javob: Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchining imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomalasi uchun g‘amxo‘rlik demakdir
121.Savol: Qaysi sinfda o‘quvchilarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi?
Javob: Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi
Savol: Insonning yozma nutqi nima orqali shakllanadi?
Javob: Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi
Savol: 3-4-sinfda har bir ona tili darsining necha daqiqasi husnixatga ajratiladi.
Javob: 3-4-sinfda har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi
Savol: Ona tili darslarida tashkil etiladigan husnixat daqiqalari uchun yozuv materiallarini (yozilishi o‘rgatiladigan harflar guruhini, so‘z yoki matn) tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
Javob:
-umumdidaktik talablarga;
-materiallarning mavsumga mos bo‘lishiga;
-bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga;
-husnixat materialining ona tili darsida o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘lanishiga; -imlo bilan bog‘lanishiga;
-bolalar hayoti bilan bog‘lanishiga;
-ajratilgan vaqtga mosligiga
Savol: Yozayotganda ruchka uchi bilan barmoq oralig necha smga teng bo‘lishi shart?
Javob: Yozayotganda ruchka uchi bilan barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shart.
126.Savol:Agar o’quvchi o’quv yilining boshida 4-6 harf yozgan bo’lsa, o’quv yilining oxiriga kelib nechta harf yoza oladi?
Javob:7-9 harf yoza oladi.
127:Savol: 2-sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida nechta harf yozishi mumkin?
Javob: 23-25 harf yozishi mumkin.
Savol:3- sinf o’quvchisi o’quv yilining oxirida nechta harf yozishi mumkin?
Javob: 32-35 harf yozishi mumkin.
Savol:4- sinf o’quvchisi esa minutiga nechta harf yozilishi mumkin.
Javob: 40-45 ta harf yozishi mumkin
Savol: Endigina yozuv mashqini boshlagan olti yetti yoshli o’quvchi bir minutda nechta harfni yozish mumkin
Javob: Endigina yozuv mashqini boshlagan olti yetti yoshli o’quvchi bir minutda 4-6 harfni yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |