F ikramova d asadova


Savol: Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli qanday amalga oshiriladi? Javob


Download 1.26 Mb.
bet12/14
Sana03.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1151458
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Husnixat metodikasi Murojaat2.1 guruhi

Savol: Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli qanday amalga oshiriladi?

Javob:. Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi.

  1. Savol: Nechanchi sinfdan boshlab barcha qoidalarga amal qilgan holda yozuv sur’atini tezlashtirish talablari kiritiladi?

Javob: 3- sinfdan boshlab esa barcha qoidalarga amal qilgan holda yozuv sur’atini tezlashtirish talablari kiritiladi.
102.Savol: Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli qanday amalga oshiriladi?
Javob;. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli bolalarning charchagan a’zolarini dam olishiga va yozuv sifatiga katta ta’sir etadi. O‘quvchilar dars jarayonida bajariladigan mashqlar oddiy bo‘lib, kam vaqt olishi, o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga, qo‘l va barmoqlarning chiniqishiga, qaddi-qomatining tik, erkin tutilishiga yordam berishi lozim.
Savol'>103.Savol: Husnixat qoidalari asosida yozishni mashq qilishga necha daqiqa ajratiladi?
Javob: Husnixat qoidalari asosida yozishni mashq qilishga 6-8 daqiqa ajratiladi.
104.Savol: Qo‘l uzmasdan yozish usuli qanday amalga oshiriladi?
Javob:. Qo‘l uzmasdan yozish yozuv malakalarini tez va erta egallashga zamin yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga harflarni yoza boshlaganlarida harflarni yozish jarayonida ruchkaning uchini qog‘ozdan uzmagan holda yozishlarini eslatib turishi lozim. So‘zlarni yozayotgan o‘quvchilar bo‘g‘inlarni qo‘l uzmagan holda yozadilar.

  1. Savol: Xatolar ustida ishlash usuli qanday amalga oshiriladi?

Javob: Bu usulni qo‘llashdan maqsad har bir o‘quvchini o‘z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o‘rgatishdir.

  1. Savol: Husnixatga o‘rgatish tamoyillari nechta?

Javob: 8 ta

  1. Onglilik tamoyili.

  2. Genetik tamoyil.

  3. Takrorlash tamoyili. 4. Ko‘rgazmalilik tamoyili.

  1. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.

  2. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. 7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog‘liqligi tamoyili.

8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili.
107. Savol: Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o‘quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g‘ri mo‘ljallay olishi lozim. Harflarni harflarga ulashda qo‘l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Qaysi tamoyil?
Javob: Onglilik tamoyili.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling