F. R. Abduraxmonov
Mehnat motivatsiyasi va mehnat xavfsizligi
Download 1.72 Mb.
|
F. R. Abduraxmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy muhit va mehnat xavfsizligi
- Ishchi guruhini boshqarish va mehnat xavfsizligi
Mehnat motivatsiyasi va mehnat xavfsizligi - mehnat ahloqi va mehnatga munosabat, mehnatdan qoniqish, iqtisodiy va ahloqiy
rag‘batlantirish mehnatni ximoya qilishni shakllantiradi, xavfsiz ish shaklini va xulqini ishlatishga sharoit yaratadi, buning natijasida beziyon faoliyatni optimal rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi. Ijtimoiy muhit va mehnat xavfsizligi - kollektivdagi ijtimoiy muhiti yaratuvchi bu ishchi gumhi hisoblanadi - bu guruh a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir. Noma’qul ijtimoiy muhit insonni ahloqiga va jismoniy holatiga ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa mehnat intizomiga (texnik xavfsizlik talablariga rioya qilish), va mehnatning o‘ziga munosabatida (ishlash jarayonidagi xulqiga) ta’sir etadi. Ishchi guruhini boshqarish va mehnat xavfsizligi - rah- baming boshqarishdagi metodi mehnat xavfsizligiga ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatning rivojlanishi yaratilayotgan ко‘plab texnikalami yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lib bormoqda. Bular inson mehnatini yengillashtirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifati- ni yanada yaxshilash, ommabop va talabga loyiq bo‘lishini hisobga ham olmoqda. Yangi texnikalar yaratilishi bilan ulami ishlatishda o‘ziga xos boigan xavfsizlik tomonlari ham hisobga olinmoqda. Hozirgi zamon texnikalari asosan kompyuterlashtirilgan va ulami inson programmalashtirgan holda boshqarishni kompyuter zimmasiga bermoqda. Bu degani inson mehnatdan о‘zini ozod qildi degani emas, balki juda katta kuch sarf qilinadigan joylarda texni- kadan kengroq foydalangan holda uni boshqarish maqsad qilingan. Bu yerda ham mehnatni tashkil etishni o‘ziga xos tomonlari, ya’ni xavfsizlikni ta’minlovchi qirralari mavjud. Kasbiy faoliyatni psixologik xavfsizligini mehnat xavfsizligi- ning bir boiagi sifatida bilish mumkin. Jismoniy xavfsizlikni uchta guruhga boiish mumkin. Bular xavfli xulq - atvor, xavf va ziyon yetkazuvchi omillar asosida kasb faoliyatini xavfsizligini ta’minlovchi psixologik xavfsizlik, texnik xavfsizlik va ishlab chiqarish sanitariyasi hisoblanadi. Hamma avariyalar uchta sabab bo‘yicha bo‘ladi. Texnikani buzuqligi va yetarli ishlanmaganligi; Insonni aybi bilan; О ‘rganilmagan stixiya sababli (yer qimirlashi, siklon va sh.k.) Mehnat xavfsizligi quyidagilar asosida bo‘lishi kerak: Texnika va qurollami loyihalashda; Foydalanishni xavfsiz tashkil etishda; Shaxsiy tarkibni mehnat xavfsizligi bilan ta’minlashda; Kasbiy vazifalami bajara olmaydigan shaxslami mehnat joy- lariga qo‘ymaslik. Muhit Mehnat sub'yekti (inson) Mehnat xavfsizligini ko‘rsatuvchi asosiy sabablar: Mehnat qurollari muhit 26-chizma Psixologik xavfsizlik bo‘yicha izlanishlar olib borgan M.I. Kotik o‘zining “Psixologiya va xavfsizlik” nomli kitobida travmatizmga olib boruvchi omil deb texnikani ham emas, mehnatni tashkil qilishni ham emas, balki insonni o‘zini sababchi deb bilish kerakligini ko‘rsatadi. Insonni baxtsiz holatga olib keluvchi sabab bu obyek- tiv sabab hisoblanadi deb ko‘rsatadi. Birinchi sabab insonni evolyutsiyasidan kelib chiqadi. Mehnat qurollarini rivojlanib borishi bilan insonni atrof muhitga ta’sir darajasi kengayib boradi. Shu bilan birga tashqi muhitning insonga ham javobi kengayib boradi, texnikani о‘sib borishi xavfsizlik ja- rayonini o‘sib borishiga olib boradi. Ikkinchi sabab bu insonni hayotini va mehnat sharoitini juda ham qattiq, xavfli bo‘lib borishiga olib keladi. Bu yerda qo‘yilgan xato insonga juda qimmatga tushadi. Uchinchi sabab travmatizimni о‘sib borishi - bu insonni xavfsi- zlikka moslashishi hisoblanadi. Hozirda insonni texnik vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin shuni hamunutmaslikkerakki,texnika bu inson uchun xavf - xatar keltiruvchi manba hamdir. Psixologik xavfsizlik - bu psixologiya fanining bir yo‘nalishi bo‘lib insonni mehnat qilish jarayonidagi xavf - xatarlami va uning oldini olish yo‘llarini o‘rganuvchi fandir. Psixologik xavfsizlikni predmeti bu insonni har xil faoliyati davomida unga xavf keltiruvchi omillami o‘rganish hisoblanadi. Psixologik xavfsizlikni o‘rganish predmeti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Faoliyat davomida yuzaga keluvchi va uning xavfsizligiga ta’sir etuvchi psixik jarayonlar; Inson faoliyatini xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik holatlar; Inson faoliyatini xavfsizligini aks etdiruvchi shaxsning xususiyatlari. Hozirda insoniyat taraqqiyot qilib borar ekan uning mehnatini yengillashtiradigan qator yangi texnika ko‘rinishlari hayotga tadbiq etilib borilmoqda. Buxalq xo ‘j aligini barcha sohalarida amalga oshirilib borilmoqda. Albatta yangi texnika va uni inson salomatligi uchun xavfsizlik choralari ko‘rilishi zarur jarayondir. Hozirda bu sohada ergonomikaning о‘mi juda katta hisoblanadi. Bundan tashqari texnikani zamon talablariga mos tushushi, uning to‘la amalga oshiril- gan ish faoliyati va bu ish faoliyatiga kerak bo‘lgan texnik xavfsizlik masalalar ish olib boruvchilarga o‘rgatilishi zarurdir. Insonda kasb psixologiyasi bilan bog‘liq psixologik jihatlarni tarbiyalab borish. Kasb psixologiyasi, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish va yangi kasblarning paydo bo‘lishi Pedagogik psixologiyani yo‘nalishi sifatida kasbiy psixologiya sohasi tarbiyalash va ta’lim berishning mexanizmlarini o‘rganib boradi. “Kasb ” termini asosida inson mavjudligini ta’minlaydigan o‘ziga xos tayyorgarlikni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va inson hayotini moddiy asosini yaratuvchi jarayonni tushunamiz. Kasb shuningdek ma’lum bir insonni bilim, malaka, uddalay olish tizimini xarakterlab beruvchi hodisa hamdir. Kasbiy ta’lim bu insonni aniq bir kasb bo‘yicha bilim, malakalarini olish hamdir. Kasbiy ta’lim ma’lum bir kasbni egallashga qaratilgan bo‘lishi va kasbiy faoliyatni egallashga qaratilgan kasbiy tanlovni, kasbiy o‘z - o‘zini anglashni, kasbga yo‘nalganligini, subyektning kasbiy tahlil qilish etaplarini qamrab oladi. Bulaming hammasi maxsus bilimlar, malakalar asosida hayot davomida kasbni egal- lash, kasbni tanlab olish, karera qilishni rivojlantirish, malakani oshirish, kasbiy o‘sib borishni o‘zida qamrab oladi. Yoshlami kasb tanlashida bir xil bo‘lmagan obyektiv va subyektiv tomonlar ulami kasb tanlashlarini murakkablashtirib turadi. Kasb tanlash - bu bir daqiqada bo‘ladigan jarayon emas, balki har xil etaplardan tashkil topgan, uzoq davom etadigan obyektiv ta’sirlar va subyektning kasb tanlashidagi individual tomonlar bilan bog‘liq jarayondir. Psixologiyada kasb tanlashdagi asosiy omillar sifatida quyida- gilami ko‘rsatiladi: qiziqishlar (bilish bilan bog‘liq qiziqishlar, kasbga bo‘lgan kasbiy qiziqishlar, havas); qobiliyatlari (ma’lum bir faoliyatdagi psixologik mexanizm sifatida); temperament va xarakter. Bu omillami ko‘p hollarda subyektiv omillarga kiriti- shadi. Keyingi omillar guruhiga (bulami odatda obyektiv omillar deb yuritiladi) o‘ziga quyidagilami qamrab oladi: tayyorgarlik darajasi (ulgura olishi), sog‘lig‘ining holati, kasb haqidagi ma’lumotlari va ularni bilish darajasi. Bundan tashqari ijtimoiy muhitni ham ajratib ko‘rsatiladi. Bularga ijtimioy muhit, oilaviy muhit, ota - onaning ma’lumotlilik darajasi. Bu jarayonlarda ay- niqsa qobiliyatlarga katta e’tibor beriladi. Insonning qobiliyati kasb tanlashdagi eng muhim tomonlardan hisoblanadi. Insonni kasbga tayyorlanayotganda shu kasbga tegishli bo‘Igan psixologik talablar hisobga olinadi.Har bir kasbga kerak bo‘lgan xususiyatlar mavjud bo‘lib ular shu kasbni yaxshi bajarilishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Kasb tanlashda yana insonni jinsiga ham e’tibor berish talab qilinadi. Kasb o‘ziga yarasha insondan hamma’lumbir xususiyatlami bo‘lishini talab qiladi. Deylik shunday kasblar borki ular insondan irodakuchi- ni ko‘proq sarf qilishni talab qilsa, ayrim kasb egalari uchun ishni tez va sifatli bajarilishi talab qilinadi. Shunday kasblar borki insondan diqqatni, tafakkumi, chidamni, ozodalikni, mehmi va shu kabilami talab qiladi. Inson kasb tanlayotganda maktabdayoq va kerak bo ‘ Isa bog‘ chadayoq o‘zida ma’lum bir xislatlami borligini namoyon qiladi. Ota - onalar bolalardagi bu xislatlar ulami kelajagi bilan bog‘liqligini his etgan holda ulami tarbiyalab borishlari zarur bo‘ladi. Jamiyat taraqqiy etib borar ekan uning ehtiyojlari sifatida yangi kasblar ham paydo bo‘ladi va uni jamiyatga foydasi borligi uchun u saqlanib qoladi. Agarda bu kasb jamiyatga kerak bo‘lmasa o‘z o‘zidan yo‘qolib ham ketadi. Biz yuqorida kasblar haqida fikrlar berdik, ular- ni tasniflab ham chiqdik. Har bir kasbni o‘ziga xos bo‘lgan talablari borligi, bu talablar jamiyat manfaatlari asosida shakllanib borishi, jamiyat bu talablami qondirish uchun maxsus kadrlar masalasi bilan shug‘ullanishini ko‘rib chiqadi. Bu sohada kasb psixologlaming o‘rni va ahamiyati oshib boradi. Kasb psixologiyasi jamiyat uchun kerak bo‘lgan kadrlami tanlashga va ulami o‘zlari sevgan kasblarini to‘g‘ri tanlashlari uchun amaliy ishlami olib boradi. Yangi kasblami o‘ziga xos psixologik tomonlarini o‘rganish, ulami jamiyatga foydasi, bu kasbga qiziquvchi, layoqatli kadrlami tanlash kasb psixologiyasini asosiy vazifasi hisoblanadi. Jamiyatimiz o‘zining mustaqilligini birinchi kunlaridanoq jamiyatga hozirda qanday kasb egalari kerakligini o‘rganib ta’lim va ta’rbiya sohasida islohotlar olib bordi va bormoqda. Kasb psixologiyasi jamiyatimiz uchun kerak bo‘lgan kadrlami yaratishga o‘z hissasini qo‘shib borib, kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat, kasbga tayyorlash kabi masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqda. Albatta bu sohada, ya’ni kasb psixologiyasi sohasida kadrlar juda kerak bo‘ladi. Buni insoniyat ijtimoiy - tarixiy rivojlanishi ko‘rsatmoqda. Bu sohada kasb psixologiyasini qiladigan ishlari jamiyat oldidagi vazifalari juda ko‘pdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish masalalari va kadrlarni mehnatga tayyorlash Mehnatni ilmiy tashkil qilish amerikalik injener ratsionalizator F.Teylor (1856- 1915) nomi bilan bog‘liq.Uningbu tizimi juda katta, tasawur qilib bo‘lmaydigan daromad keltirdi. Ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish, uni boshqarishni aniq tashkillashtirish ishchilar jamoasini birligini, yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish bu bir butun jarayon bo‘lib, ko‘pgina fanlar va yo‘nalishlami mehnat jamoalarini kam moddiy vositalami va inson energiyasini sarf qilgan holda ko‘proq natija olishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Mehnatni tashkil qilish - bu tadbirlar tizimi bo‘lib, u ishchi kuchidan ratsional (aqlan) foydalanishni ta’minlab berib, odam- lami ishlab chiqarish jarayonida maqsadga muvofiq joylashti- rishni, mehnatni taqsimlash va tashkil etishni, usul va metodlami, mehnatni me’yorlashtirish va rag‘batlantirish, ishchi joylarini tashkil qilish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatni yo‘lga qo‘yish, mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. Mehnatni tashkil qilish amaliy bo‘lishi mumkin, u ma’lum bir metodlarga asoslanib, mehnat tajribasiga, aqliy (ilmiy) umumlash- malarga suyangan holda ilmiy bilish talablaridan kelib chiqadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish - bu fanga va ilg‘or tajribalarga asoslangan, uning yutuqlarini ishlab chiqarishga doimiy tadbiq qilib, texnika va insonni bir butun holda, inson sog‘ligini saqlash- ga qaratilgan jarayondir. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy maqsadi -bujonli mehnatni doimiy yaxshilab borish, uning shakl va usullarini mavjud bo‘lgan texnikaga mos bo‘lishini va kor- xonadagi texnologiya talablariga mos tushushini ta’minlash hisoblanadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning elementlari - bu mehnatning metod va usullari, mehnatni me’yorlashtirish, uni tashkil etish shakllari, kollektivdagi ijtimoiy - psixologik holat va sh. k. Mehnatni ilmiy tashkil qilish quyidagi vazifalami amalga oshirishi kerak: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling