F. R. Abduraxmonov
Download 1.72 Mb.
|
F. R. Abduraxmonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik xavfsizlik
- Ishlab chiqarish sanitariyasi
Psixologik xususiyat - bu inson psixikasini barqaror namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Unga inson xarakteri, temperamenti, o‘ziga baho berish va sh. k. kiradi. Insonga xos sifatlarga uning aqllili- gini, emotsionalligi, irodaviyligi, ahloqiyligi, mehnatkashligi kabilar kiradi. Bir xil bo‘lgan psixologik holat vaqtiga qarab har xil bahola- nadi. Masalan, affekt psixologik holat sifatida ma’lum bir vaqt ichida subyektning emotsional, bilishga intilish, xulq - atvor holati sifatida baholansa, shu holatni o‘zi boshqa vaqt birligida insonni qiziqqonligini, o‘zini boshqara olmas, g‘azabli qilib ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi xavfli o‘zaro ta’sir va xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlar haqida gap ketganda uni o‘rganish hozirgi davrning ham dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kasbiy faoliyatdagi psixologik xavfsizlikni mehnat xavfsizligini ta’minlovchi bo‘lagi sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Jismoniy xavfsizlik kelib chiqishi sabablarini uch guruhga-xavfli xulq-atvor, xavfli va ziyon yetkazuvchi omillami uch yo‘nalishini aniqlashga va kasbiy faoliyatini xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir - bular psixologik xavfsizlik, texnik xavfsizlik va ishlab chiqarish sanitari- yasi hisoblanadi. Psixologik xavfsizlik - bu inson faoliyat ko‘rsatayotgan muhit- dagi ijtimoiy - psixologik holat, insonning psixologik jarayonlari, xususiyatlari, ulami mehnat qilish davomida boshqarib, nazorat qilib borish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Texnik xavfsizlik - bu tashkil qilingan va texnik vositalami tizimi, ulami inson faoliyatiga, uning xavfsizligiga ta’sirini kamay- tirishga qaratilgan bilimlar tizimi. Ishlab chiqarish sanitariyasi - bu tashkil qilingan va texnik xavfsizlik orqali insonga ta’sir etib turuvchi barcha omillar kiradi. Psixologik baxtsiz voqealar ishlab chiqarishda ko‘pgina sabablar asosida yuz beradi. Ishlab chiqarishdagi muhitning mehnat xavfsizligiga ta’siri bevosita vabavosita bo‘ladi. Bevosita bu ishlab chiqarish muhitidan kelib chiqadi, deylik trubaning yorilib ketishi. Bunda kutilmagan holat yuz berish bilan birga bu aynan ishlab chiqarishdagi muhitni tashkil etadi. Bavosita ta’sir etuvchi sifatida ishxonadagi polning sirg‘anchiqligi hisoblanishi mumkin. Bunda ishchi uni ol- dini olishi va unga o‘zigayarasha ishlov bera olishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari mehnat xavfsizligiga yoritish tizimi, mikroklimat, shovqin, ishchi joylarini bo‘yoqlari, ranglari kabilar ham ta’sir etadi. Ish joy ini yorug‘lik bilan to‘g‘ri ta’mirlanmasa, yorag‘lik manbaini noto‘g‘ri o‘matilishi, yoruqlikni me’yorida berilmasa ham ish jarayonida avariya holatlari yuz berishi mumkin bo‘ladi. Ish joyida mikroklimatni yomonligi ham, deylik havoni issiqligi juda yuqori bo‘lishi yoki juda past bo‘lishi, havoni tozalik darajasini me’yorida bo‘lmasligi kabi tomonlar ham ish joyida avariya holatini yuzaga keltiradi. Mehnat xavfsizligiga ijtimoiy muhitni ham ta’siri bo‘ladi. Ijtimoiy muammolar insonni mehnatga munosabatini, mehnat mo- tivatsiyasini va ishchi guruhdagi shaxslararo munosabatga ta’siri bo‘ladi, buning natijasida mehnat xavfsizligi vujudga keladi. Bu omillar mehnat xavfsizligini, mehnat intizomini va texnik xavfsiz- likni belgilab beradi. Bularga: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling