F. R. Abduraxmonov
Takrorlash uchun savollar
Download 1.72 Mb.
|
Abdurahmonov kasb psixologiyasi (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Kasb psixologiyasi fanining metodlari va asosiy muammolari
Takrorlash uchun savollar
1 .Kasb psixologiyasi fanining shakllanishi va vazifalari. Kasb psixologiyasi fanining “ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunlami ijrosiga xos bo‘lgan vazifalari. Kasb psixologiyasi fanini o‘rganishdagi metod va metodologiya bilan bog‘liq vazifalari. Kasb psixologiyasini aniq va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi. Yangi kasblami paydo bo‘lishi. Hozirda kasb psixologiyasi fani oldida turgan vazifalar haqida gapirib bering. Kasb psixologiyasi fanining gnoseologik, sotsiologik, ontologik, psixologik vazifalari. Metod va metodologiya tushunchalari. Kasb psixologiyasi fanining boshqa aniq va gumanitar fanlar bilan aloqasi. 1.3. Kasb psixologiyasi fanining metodlari va asosiy muammolari Kasb psixologiyasi faniga metodologik asos - bu shaxsning kasbiy layoqat konsepsiyasi ekanligi. Kasb psixologiyasi uchun metodologik asos bu 0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek davlat hujjatlari. Har bir fan uchun va uning izlanish olib borayotgan o‘rganish predmeti uchun yo‘nalish beruvchi, fanning maqsadi va vazifalami belgilab olish uchun zamr bo‘lgan ma’lum bir metodologiya mavjud bo‘ladi. Metodologiya so‘zi yunoncha - metodos - bilish yoki tad- qiqot yoTi, nazariya, ta’limot va logos - so‘z degan ma’noni bildiradi. [30,183.]Metodologiya - tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliya- tini tashkil etish,tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taiimot. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi - umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi. .[30,183.] Kasb psixologiyasiga metodologik asos bo‘lib shaxsni kasbni egallashi bilan bog‘liq konsepsiya yotadi. Bu konsepsiyaning mohi- yati shundan iboratki ya’ni kasb tanlab, kasbni o‘zlashtirib, kasbiy mahoratga ega boiib borayotgan shaxs bilimlarini boyib borishi, malakasi va bilimlari shakllanib borishi, kasbga xos zaruriy sifatlari rivojlanishi nazarda tutiladi. Kasbga layoqatlikni shaxsda ikki yo‘nalish bo‘yicha muhokama qilish mumkin deb ko‘rsatadi K.M. Gurevich. Buning biri kasbni mu- vaffaqiyatli egallay olish bilan, ikkinchisi insonni o‘zini mehnatidan qoniqishi orqali. Bu ikki tomon ham nisbiy boiib, u subyektivlikni ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan shu ikkala ko‘rsatilgan yo‘nalish kasbiy layoqatlilikni psixologik xarakteristikasini beradi. Kasbga layoqatlilik shaxsning xususiyati boiganligi uchun shaxsning boshqa xususiyatlari kabi inson faoliyati davomida, ya’ni о‘qish va mehnat qilish davomida shakllanadi. Ko‘proqhollardakasbga layoqatlilik mehnat jarayonida shakllanadi. Shu bilan birga kasbga layoqatlilikni jismoniy, psixologik va ijtimoiy yo‘nalishlardagi o‘rganish va uni aniq ko‘rinishlarda tahlil qilish zarurdir. Insonning tabiiy imkoniyatlari va xususiyatlari juda katta, shuningdek cheksiz egiluvchanlik imkoniyatlarini beradi. Inson kasb- ning juda ko‘p ko‘rinishlariga moslashishi mumkin va uni subyekt sifatida qoniqtirishi ham mumkin. Inson egallay olmaydigan kasb juda kamdir. Kasbga tayyorgarlik va keyingi faoliyat har xil tarzda kechishi mumkin, bular undagi xususiyatlardan kelib chiqib davom etadi. Eng muhimi va zaruriy tomoni bu kasbiy yo‘nalganlik boiib, unda ijobiy kasb motivlari muhim hisoblanadi. Kasbiy shakllanish ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar va destruktiv o‘zgarishlar bilan bogiiq holda sodir boiadi. Bu jarayonni tezligi va maydoni biologik va ijtimoiy faktorlar bilan sababiy bog‘liq, shaxsning o‘z faolligi, shuningdek tasodifiy sharoitlar, hayotiy aha- miyatga ega bo‘lgan hodisalar va kasbga xos kelishmovchiliklar sababli bo‘ladi. Demak, ko‘rinib turibdiki, shaxsni kasbni egallash bilan bog‘liq fundamental bilimlar uning uchun asos hisoblanar ekan. Shaxsning kasbni egallashga bo‘lgan layoqati haqidagi bu konsepsiya kasb psixologiyasi uchun metodologiya hisoblanadi. Bu konsepsiya bo‘yicha shaxs kasbni egallashi davomida qanday jarayonlarni boshidan kechirishi va uni boshqarish uchun nima ishlar qilish kerakligini izlanuvchi bilib boradi. Kasbga layoqatli bo‘lish insonni psixologik va fiziologik jihatdan imkoniyatlari borligini, mehnat qilishga imkoniyat- lari mavjudligini, malaka va ko‘nikmalami o‘zlashtira olishini, tafak- kuri uni bilimlar asosida yanada rivojlantira olishini ko‘rsatadi. Kasb psixologiyasi uchun yana jamiyatning oldidagi maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lgan davlat hujjatlari ham metodologiya o‘mini bosadi. Chunki jamiyat bu fandan o‘z maqsadlarini,ehtiyojlarini, manfaatlarini qondirish uchun foydalanib fanga o‘z izlanishlarida qanday masalalami hal etib jamiyatga o‘z ulushini qo‘shib borishini ko‘rsatib ham beradi. 0‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim berishning uzluksiz ja- rayonining huquqiy asoslari - bu “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunda o‘z aksini topgan. Bu 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezi- denti I.A.Karimov tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun hisoblanadi. Bunda o‘sib kelayotgan yosh avlodga, ta’lim va tarbiya sohasida izlanayotgan mamlakat aholisiga yetkazib beriladigan ta’lim, tarbiya, kasb - hunar, oliy ta’lim bilan bogTiq barcha huquq va talablar o‘z aksini topgandir. “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun asosida oliy ta’lim pedagogika- siga xos bo‘lgan huquqiy jarayonlar, ularga amal qilish me’yorlari, oliy ta’limning mohiyati va mazmuni o‘z aksini topgan. “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun o‘zida ta’lim to‘g‘risidagi umumiy qoidalami, ta’lim tizimi va turlarini, ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishni, taiim tizimini boshqarishni, yakunlovchi qoidalami mujassamlashtirgandir. Demak, ko‘rinib turibdiki, dunyoga kelgan yosh avlodni tug‘ilganidan to umrining oxirigacha boigan davrda taiim - tarbiya berishning asosiy Qonunlari, huquqlari, ahloqiy va estetik tomonlari bu Qonunda qamrab olingan. Bu kelajak yosh avlod ichidan uzuluksiz taiim va tarbiya berib borish orqali oliy darajadagi mutaxassis va jamiyat uchun kerak boiadigan kadrlami tayyorlashga qaratilgan oliy taiim pedagogikasidir. “Taiim to‘g‘risidagi” Qonunda shunday yoziladi: “Ushbu Qonun fuqarolarga taiim, tarbiya berish, kasb - hunar o‘rganishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishidan iborat kon- stitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan” .[9,34.] Bu “Taiim to‘g‘risidagi” Qonunning oliy taiim haqidagi 14 - moddasida quy- idagi huquqiy imkoniyatlar haqida fikr bildirilgan. Oliy taiim masalalarini o‘zida qamrab olgan “Taiim to‘g‘risidagi” Qonunni amalga oshirish kadrlar tayyorlash milliy dasturida kengroq ta’riflab berilgandir. Bu dasturda qilinadigan ishlar va ulaming kelajagi dasturiy lavhalarda yoritib berilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi - taiim sohasini tubdan isloh qilish, uni oimishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar dara- jasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob bemvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Shu maqsad- dan kelib chiqqan holda oliy taiim pedagogikasining maqsadi ham shularda o‘z aksini topadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining va oliy taiim pedagogikasining maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalami hal etilishi nazarda tutiladi: Ta’lim tizimini yagona o‘quv - ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshi- rilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qu- rilishi jarayonlariga moslash; Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mu- taxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; Ta’lim oluvchilami ma’naviy - ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlaming samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chi- qish va joriy etish; Yangi ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadi- gan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoli- yat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvor- ligini ta’minlovchi normotiv, moddiy - texnika va axborot bazasini yaratish; Ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlaming miqdori va sifatiga nis- batan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, kor- xonalar va tashkilotlaming buyurtmalarini shakllantirishning mexa- nizmlarini ishlab chiqish; Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etish- ning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; Kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkor- likni rivojlantirish. Bu kabi vazifalar kasb psixologiyasi fanining oldida turgan, ya’ni aholini kasbiy ta’limini shakllantirish, jamiyat va millat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kadrlami yaratish bilan bogiiq hisoblanadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, kasb psixologiyasini fan sifatida shakllanishlariga, aholi taiim va tarbiyasi, kasbga yo‘naltirish kabi masalalar bilan shug‘ullanishga asos boiadigan hujjatlar bu “Taiim to‘g‘risidagi” Qonunda va kadrlar tayyorlash milliy dasturida huquqiy asoslarga ega. Kasb psixologiyasi uchun uni taraqqiyoti uchun asos boiib psixologiya fanidagi yutuqlar va psixolog olimlaming nazariy bilim- lari muhim hisoblanadi. Maiumki shaxsni kasbni egallab borishida shaxs va uning faoliyati muhim tadqiqot mavzusi boia oladi. Shaxsni kasbni egallab borishida uning nazariy asosi boiib K.S. Abdulxanova Slavskiy, B.G.Ananev, A.G. Asmolova, B.F. Lomov va boshqalami shaxs va faoliyat sohasidagi ilmiy - tadqiqot ishlari, shuningdek bu konsepsiyani dasturlashda katta ta’sir etgan A.A. Bodalev, Yu.M. Zobrodin, E.A. Klimov, T.V. Kudravsev, A.K. Markova, N.S. Prejnikovlaming ishlari ko‘zga tashlanadi. Shaxsni kasbiy rivojlanib borishini psixologik tahlilini nazariy to- monlarini o‘rganishda chet el olimlari A. Maslou, Dj.Sper, Dj. Xol- landlaming ishlari ahamiyatlidir. Yuqoridagi psixolog olimlaming ishlarini o‘rganish orqali quyi- dagi konseptual holatlami ko‘rsatish mumkin: Shaxsni kasbni egallashining o‘ziga xos tarixi va ijtimoiy madaniyati borligi; Shaxsni kasbni egallashining asosi boiib uni kasbga o‘qishi, kasbni egallashi va kasbiy faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi; Shaxsni kasbni egallash jarayoni o‘ziga xos individual va alo- hidaligi bilan ajralib turishidan tashqari undagi xususiyatlar va qo- nuniyatlami mavjudligi bilan ko‘zga tashlanadi; Kasbiy hayot o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olishga, o‘z faol- ligini ko‘rsatish uchun imkoniyatlar yaratadi; Insonning kasbiy hayotining individual tomonlari me’yori va me’yori bo‘lmagan hodisalar bilan tasodifiy sharoitlar bilan, shu- ningdek insonning aqliy imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy taraqqiyotning psixologik xususiyatlarini bilish insonga o‘z kasbini ongli ravishda qurushni, o‘z tarixini yaratishni, kasbiy biografiyasini shakllantirishni beradi. Bu kabi fan bilan bog‘liq tomonlar ham kasb psixologiyasi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, ko‘rinib turibdi- ki, kasb psixologiyasi uchun uning jarayon sifatida mavjud bo‘lgan jamiyatidagi maqsadlar va manfaatlar, fan yutuqlari va nazariy umumlashmalari, fanni rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan konsep- siyalar metodologik asos bo‘la oladi. Kasb psixologiyasi fani uchun psixologik fanlar metodlaridan foydalanish. Kasb psixologiyasida kuzatish, anketa, test, biografiya, faoliyat mahsulotlarini tahlil metodi. Kontent analiz, (hujjatlarin tahlil qilish) sotsiometriya metodlari Kasb psixologiyasini metodlarini tushuntirishdan avval metod nima va undan qanday foydalaniladi degan savolga javob berib ko‘ramiz. Metod yunoncha so‘z bo‘lib, tekshirish, izlanishning yo‘li, usuli kabi ma’nolami anglatadi. Metod - bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solgan, ongli va izchil faoliyatidir. Har bir fan o‘z predmetini o‘rganish uchun ma’lum bir usullardan foydalanadi. Bu usullar o‘ziga xos yo‘lni tashkil etadi. Kasb psixologiyasiga xos bo‘lgan o‘rganish bu shaxs va kasb o‘rtasidagi munosabatlarda aks etib, uning o‘rganish usullari o‘ziga xos holda boshqa fanlardan ajralib turadi. Kasb psixologiyasi bir butun fan sifatida juda keng masalalami qamrab oladi. Bularga yoshlami kasb tanlashlari, ulami mehnat sharoitlariga moslashishlari, kasbni egallay olishlari, o‘z tanlagan kasbini ustasi va yuqori dara- jadagi mahoratni ko‘rsata olishlari va shu jumladan kasb egalarini shu kasbdan ketishlari kabi ko‘plab masalalami qamrab oladi. Bu esa kasb psixologiyasida metodni har bir ko‘rsatilgan davrda o‘ziga xos holda tanlab olishni talab qiladi. Buni tushunish uchun shuni ko‘z oldimizga keltirishimiz kerakki, kasb tanlash va undan o‘z hayoti davomida foydalanish insonni butun umrini qamrab oladi. Insonni hayot faoliyati davomidagi kasb bilan bog‘liq jarayonlarni ko‘pgina olimlar o‘rganib har biri o‘ziga xos holda ulami tasniflashgan. Kasbni o‘rgangan ko‘pgina psixologlar ichida Klimov E.A. insonni kasbiy hayotini o‘ziga xos holda aniqroq shaklda tushuntirib beradi va ma’lum bir fazalarga bo‘ladi. Bular quyidagilar: Optatsiya - kasbiy - o‘quv maskanlarida kasb tanlash davri; Adaptatsiya - kasbga kirish va unga moslashish; Internal fazasi - kasbiy malakani egallash davri; Ustalik - mehnat faoliyatini mahorat bilan bajarish; 0‘mak bo ‘ la olish fazasi - kasb egasini yuksak darajada faoli- yat ko‘rsata olishi; Ustozlik - kasb egasini o‘z malakalarini boshqalarga bera olishi. [23,425.] Bu yuqorida ko‘rsatilgan fazalaming o‘zi ham kasb psixologiyasini usullari har bir davrda o‘ziga xos holda foydalanishni talab qili- shini ko‘rsatadi. Deylik, o‘quv kasbiy maskanlarda endigina kasb tanlashga shaylanayotgan yoshlami kasbga bo ‘ lgan munosabatlari o‘ziga xos holda aniqlanib olingan usullarda kuzatiladi. Kasb psixologiyasining metodlari asosan umumpsixologik metod- lardan kelib chiqadi. Har qanday usul o‘rganilayotgan predmetning spetsifikasini aks ettiradi. Kasb psixologiyasi o‘zi o‘rganayotgan obyektni o‘rganish uchun umumiy, yosh davrlar, pedagogik psixologiya va shuningdek mehnat psixologiyasining metodlaridan foy- dalanadi. Kasb psixologiyasining maxsus izlanish metodlari boiib kasbiy psixobiografiyani tuzish, ziddiyatlami o‘rganish metodi, kasbga yo‘nalgan grofalogiya, kasbiy mahoratni ekspert baholash metodi, kasbiy deformatsiyani refleksiyasi va sh.k. lami tashkil etadi deb yozadi Rossiyalik psixolog E. F. Zeer. Bu kabi metodlar kasb psixologiya fanining maxsus metodlari hisoblanib endigina fan hayotiga kirib kelayotgan metodlardir. Umuman olganda psixologiyani izlanish metodlari - bu faoliyatni o‘zigaxos ravishda tashkil etishnatijasidapsixikjarayonlami mexa- nizmlarini, Qonunlarini o‘rganish asosida yangi obyektiv bilimlami olishga qaratilgan usullardir. Kasbiy psixologiyaning usullari asosan ikki metodologik tamoillarga asoslanadi: *subyektiv - kasbni egallashni o‘zini anglashiga asosan olib borishi; *obyektiv -kasbni egallashni tashqi belgilarini o‘rganish asosida psixik hodisalami bilish maqsad qilinadi. Izlanish usullarining ikki shakli mavjuddir: Longityud yoki uzoq davom etadigan izlanish; Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanish. Longityud izlanish shaxsni yoki gumhni aynan bir xil parametrlar asosida uzoq va har doim kuzatishga asoslanadi.Longityud kasbiy shakllanishni individual yoiini o‘rganib, undagi o‘ziga xos alohida tomonlami, kasbiy biografiyaning o‘ziga xos rivojlanish tomonlarini, kasbiy obro‘ga ega boiish jarayonlarini ochib beradi. Longityud usulida o‘z - o‘zini kuzatish, psixobiografiya, panelli izlanishlar ish- latiladi. Panel - bu bitta ijtimoiy obyektni maium vaqt ichida qayta qayta o‘rganish usuli hisoblanadi. Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishga esa harxilo‘rganilayotgan gumhlami taqqoslash nazarda tutiladi. Bu metod asosida o‘rganila- yotgan obyektni ko‘proq qismini qamrab olish mumkin. Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishlarda so‘rov usullari, testlar, eksperimentlar tadbiq etiladi. Rossiyalik psixolog E. F. Zeer kasbiy psixologiyaning izlanish metodlari sifatida beshta guruh usullarini ko‘rsatadi. Birinchi - shaxsni kasbni egallash bilan bog‘liq psixologik xususi- yatlami ta’riflab berish. Buning uchun longityud, so‘rov usullari (an- keta, intervyu), psixo-biografiya ma’qul deb hisoblanadi. Zeer E. F. bulami genetik usulga tegishli deb belgilaydi. Ikkinchi - kasbni psixologik xarakteristikasi. Kasbni psixologik mazmunini o‘rganish, faoliyat mahsulotlarini o‘rganish, mehnat usullarini o‘rganish, hujjatlami tahlil qilish so‘rovli kuzatish, professo- grafiya kabilar orqali bilish mumkin. Bu guruh usullari proksimetrik usullar deyiladi. Ulami kasb psixologiyasi uchun guruhlashni katta ahamiyati bo‘lib, ko‘pqirrali metodlami tizimlashtirishga yordam be- radi. Jadval: [21, 17. ]
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling