F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari


Download 1.35 Mb.
bet128/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. MTM bilan maktab o‘rtasidagi aloqa nechta yo‘nalishda olib boriladi?
a) 4 ta
b) 2 ta

v) 5 ta
g) 1 ta



2. MTM bilan maktab o‘rtasidagi aloqa shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Bolalar muassasasi bilan maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasidagi aloqa MTM bolalarini va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bir-biriga yaqinlashtirish.
b) MTM xodimlari bilan maktab xodimlarini hamkorligi.
v) Oila bilan MTM hamkorligi.
g) Oila bilan maktab hamkorligi
3. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda qanday ishlar amalga oshiriladi?
a) mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
b) bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtiriladi.
v) bolani psixologik jihatdan maktab ta’limiga tayyorlaydi.
g) hamma javoblar to‘g‘ri
4. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda qanday qobiliyatlarni shakllantirish zarur?
a) mustaqillik va tashkilotchilik
b) ijodiy qobiliyatlar
v) sensor qobiliyatlar
g) perseptiv qobiliyatlar
5. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash qaysi guruhdan boshlanadi?
a) MTMning 1-chi kichik guruhidan
b) maktabga tayyorlov guruhidan
v) o‘rta guruhdan
g) katta guruhdan


XV-BOB: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI VA OILA
HAMKORLIGI


Oila davlat va jamiyat ardog‘ida
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilani roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog‘lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar, yani undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muaamo bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Respublikamizda 1998 yil – Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi” ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin–qizlarning mavqeini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini birlashtirildi. Shu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqarish huquqi berildi.
3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollar byudjet hisobidan moliyalashtirilgan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan bo‘lsalar, ular uchun ish haqining to‘liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatda oshmaydigan muddati belgilandi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning xayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Respublikamizda 2000 yil “Sog‘lom avlod” yili deb e’lon qilindi. 2000 yilda amalga oshiriladigan ishlar “Oila”, “Ayollar yili”dagi chora–tadbirlarining mantiqiy davomi bo‘lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni shakillantirish yuzasidan ko‘plab ijobiy natijalarga erishildi.

  • yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amaliyoti xayotga joriy qilindi.


  • nogironlikni oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida xomilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.


  • bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.


Respublikada yosh avlodni ma’naviy jixatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.


Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim xuquqiy poydevor bo‘ladi. Konsititutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi “ (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining daslabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi .
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadiryati uning jamiyatdagi tutgan o‘rni bilan belgilanib, ko‘p jixatdan uning tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ota-ona o‘z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.

Parent participation preschools schools are founded on the principle that the best education will result from an active partnership among parents, teachers, and children. Since the schools operate as cooperatives, where parents take turns supervising each other's children in addition to their own, the parents are seen as the “owners” of the school. Parents are expected to regularly participate at all levels ranging from the administration, operation, and maintenance of the facility to teaching in the classroom under the guidance of a professional teacher. This participation fosters a strong sense of community, a rich and varied educational curriculum, and a safe and stimulating environment for preschoolers. The curriculum at each school is designed so that children can begin to develop their social, emotional, physical, and academic skills in the classroom. The high adult-to-child ratio (1 to 5) provides challenging opportunities for the children. The teacher can directly focus on art, science, music, and other projects, often drawing on the talents of parents. Preschoolers are encouraged to pursue their interests, learn from mistakes, and communicate thoughts and feelings through their words.


Maktabgacha talim muasasalarida ota onalarning ishtiroki uqituvchi va bolalar uchun ham judayahshinaritajarniolibkeladi.Maktablarning qoshma boshqaruvidan ota onalarning bir birini farzandlarini huddi uzinikay his qilishadi. Ota onalar har bir sohalarda qatnashishi ,boshqaruv,tashkiliy ishlar malakali uqituvchilar tomonidan qullab quvvatlanadi. Ushbu qullab quvvatlash maktabgacha bolgan bollarni hayotning harbir javhalarida zehnli,bilimga kuchli qilib tarbiyalashda yordam beradi.Maktablarda fanlar bolalarni uzlarining akademik bilimlarini ijtimoiy ruhan va jismonan sinfhonalarda oshirib borish uchun muljallangan. Bu esa kichik yoshdan yani 1 yoshdan 5 yoshgacha bolgan bolalar uchun imkoniyatdir. Uqituvchi ularga sanat,mahurat,musiqa va boshqa fanlardan urgatadi. Maktabgacha talimuquvchilari uzlarining qiziqishlariga qarab hatolarni tugrilash va hissiyotlari bilan uzlarini suzlari orqali boglanish urgatiladi.
Family connection Rymon Leslie. 2014



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling