F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet150/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Tayanch tushunchalar:

Ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasasi — davlat tomonidan tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasasi.

Tipovoy loyiha —Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan namunaviy loyiha.

Direktiv hujjat — ma’muriy yo‘riqnoma, ko‘rsatma.

Me’yoriy hujjat — maktabgacha ta’lim sohasiga oid qonunlar, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, qonunosti hujjatlar.

Nazorat uchun savollar:
  1. Maktabgacha ta’lim tizimining mazmun-mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?


  2. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida maktabgacha ta’lim tizimiga qanday ahamiyat berilgan?


  3. Ijtimoiy maktabgacha ta’limning rivojlanish tarixini yoritib bering.


  4. Maktabgacha ta’limning vazifalari nimalardan iborat?


  5. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning qanday tamoyillarini bilasiz?


  6. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlarini izohlab bering.




MAVZU YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI:
1.O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
a) yasli—bog‘cha, maktabgacha muassasa—maktab;
b) bog‘cha—maktab—litsey majmuasi;
v) maktabgacha ta’lim muassasasi—maktab—litsey, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
g) maktab, litsey, bog‘cha—maktab.
2.Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari qaysi me’yoriy hujjatda belgilab berilgan?
a) «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda;
b) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida;
g) «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda.
3.«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasi ta’limning qaysi turiga bag‘ishlangan?
a) o‘rta maxsus, kasb-xunar tizimiga;
b) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
v) maktabdan tashqari ta’lim;
g) oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.
4.«O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning maqsadi qaysi bandda to‘g‘ri keltirilgan?
a) bola shaxsini, maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiya- siga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
b) maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom va etuk qilib tarbiyalash;
v) 6—7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, aqliy- axloqiy etuk insonlar etib tarbiyalash;
g) maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash;
5.Maktabgacha ta’lim muassasasining yuridik shaxs huquqi qaysi qonunda belgilab berilgan?
a) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida;
b) «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda;
v) «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda;
g) Maktabgacha ta’lim konsepsiyasida.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling