UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Uzluksiz ta’lim — yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
— ta’limning ustuvorligi — mazkur sohani izchil va uzluksiz rivojlantirish, bilim, aql-zakovat va yuksak intellektning nufuzi ustuvor ahamiyatga ega ekani;
ta’limning demokratlashuvi — ta’lim-tarbiya texnologiyalari, uslub va tamoyillarini belgilash va qo‘llashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimining joriy etilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi — bola manfaatlari, huquq va erkinliklarini kafolatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini, insonning jamiyat va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari uyg‘unligini ta’minlash;
ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilar dunyoqarashini shakllantirish va yuksaltirish, ularda erkin, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini qaror toptirish;
ta’limning milliylashuvi — ta’limning tariximiz, milliy an’ana va urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqligi, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar tarixi va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning eng muhim omili sifatida e’tirof etish;
ta’lim-tarbiyaning uzviy bog‘liqligi — bu jarayonning har tomonlama barkamol insonni shakllantirishga yo‘naltirilgani;
iqtidorli yoshlarni aniqlash— yoshligidanoq har bir bolaning qobiliyati va qiziqishlarini e’tiborga olib, asta-sekin muayyan sohaga yo‘naltirib borish, mukammal bilim olishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratish.
INSERT USULIDAN FOYDALANIB
ISHLASH QOIDASI
1. Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
Insert texnologiyasi
B — bilaman
B — men uchun yangi ma’lumot
B — men bilgan ma’lumotni inkor etadi
? — noaniq (aniqlashtirish talab etiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.
Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
Mavzu savollari
|
B
|
B
|
B
|
|
1. Maktabgacha ta’limning maz- mun-mohiyati va ta’lim tizi- mida tutgan o‘rni
|
|
|
|
|
2. O‘zbekistonda ijtimoiy mak- tabgacha ta’limning vujudga ke- lishi va taraqqiyot bosqichlari
|
|
|
|
|
3. Mustaqillik yillarida mak- tabgacha ta’lim tizimini ri- vojlantirish tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari
|
|
|
|
|
4. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish ta- moyillari.
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |