F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet157/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

MUNOZARA TEXNOLOGIYASI
Munozara qatnashchilariga eslatma:
  1. Munozara — masalani hal etish, echish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog‘i lozim.


  2. Ko‘p gapirmasdan, boshqalarning so‘zlashiga imkon ber!


  3. Maqsadga erishish yo‘lida hissiyotlaringni jilovlab, pishiq-puxta o‘ylagan holda so‘zla!


  4. Raqiblarning fikr-mulohaza va dalillarini diq qat bilan tingla!


  5. Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo‘l!


  6. Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!





Munozarani boshqarish sub’ektlari

Boshlovchi — munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi, atama va tushunchalarning o‘rinli qo‘llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar o‘rtasidagi muloqotni, takdimotlar taqsimotini to‘g‘ri boshqaradi.

Taqrizchi — tomonlarning ma’ruzalarini yo‘nalishlar bo‘yicha taxdil etib, masalaning dolzarbligi, aniq qo‘yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning asosli va to‘g‘riligini baholab boradi

Raqib — munozarada ishtirok etadigan bir guruhga muxolif bo‘lgan boshqa guruh yoki guruh a’zosi. U asosiy ma’ruzachining mulohazalarini kuruq tanqid qilish bilan cheklanmasdan, uning qarashlaridagi zaif yoki xato tomonlarini ko‘rsatib berish hamda o‘zining fikrini asoslab berishga intiladi.

Ekspert munozara jarayoni, jumladan, munozara ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning izchilligi, haqqoniyligi va samaradorligini baholaydi.

Munozara o‘tkazish reglamenti
  1. Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarini e’lon qiladi.


  2. Ma’ruza 5 daqiqa davom etadi.


  3. Taqrizchiga 2 daqiqa ajratiladi.


  4. Raqib tarafga ma’ruza mavzusi bo‘yicha fikrlarini bayon etish uchun 1—3 daqiqa beriladi.


  5. Yalpi muhokama 5—10 daqiqa davom etadi.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling