YOZGI SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINI
O‘TKAZISH UCHUN SARF QILINADIGAN
XARAJATLAR
Yozgi hordiq va sog‘lomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, bu tadbirlar ni o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari rag‘batlantirish fondi hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda ovqatlantirish me’yorlari ko’paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy-xo’jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo’shimcha xarajatlar ko‘zda tutiladi.
Smeta — maktabgana ta’lim muassasasining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘larini aks ettiradigan moliyaviy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida yozgi hordiq va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasa- da qancha vaqt bo‘lishi, xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga ham alohida e’tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo‘yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan ajratmalar», «Ma’muriy va xo‘jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari xarajatlari», «Adabiyotlar, ko‘rgaz- mali vositalar va o‘yinchoqlar sotib olish», «Ovqatlan- tirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar so- tib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash xarajatlari», «Boshqa xarajatlar».
|
Bilim darajasini aniqlash va faollashtirish.
KLASTER METODI
MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL QILISH
VA BOSHQARISH TAMOYILLARI
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. SHu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |