Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining turi va tarbiyalanuvchilarning toifasi
| | |
Guruhlarning tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilishi
| |
|
tarbiyalanuvchilarning minimal soni
|
tarbiyalanuvchilarning maksimal soni
|
1-tur:
|
|
|
Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun
|
15
|
18
|
2-tur:
|
|
|
Eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar
|
|
|
I- IV guruh karlik
|
8
|
10
|
Zaif eshituvchi bolalar
|
10
|
12
|
3-tur:
|
|
|
Ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar
|
|
|
Ko‘zi ojizlar
|
8
|
10
|
Zaif ko‘ruvchilar
|
10
|
12
|
4-tur:
|
|
|
Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar(psixik rivojlanishi orqada qolgan, psixik-nutqiy rivojlanishi orqada qolgan, autistlar)
|
10
|
12
|
5-tur
|
|
|
Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalar
|
|
|
Engil darajadagi aqli zaif bolalar
|
8
|
12
|
O‘rta darajadagi aqli zaiflar
|
6
|
10
|
6-tur:
|
|
|
Tayanch-harakatlanish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun
|
|
|
Ortopedik jarohatlarning asoratlari, idiopatik o‘zgarishlar (bo‘yin, ko‘krak, umurtqa), skolioz, kifoz, lordoz, kifoskolioz, ko‘krak qafasining deformatsiyasining og‘ir shakllari — girdobsimon ko‘krak qafasi, botiq ko‘krak qafasi, etikdo‘z ko‘krak qafasi, ko‘krak qafasi ortopedik jarrohligidan keyingi holat (ko‘krak qafasi ichki organlaridagi boshqa turdagi operatsiyalar bundan mustasno
|
15
|
18
|
DSP asoratlaridan yuzaga kelgan ortopedik nuqsonlar
|
8
|
10
|
Gemioparez, monoparez
|
10
|
12
|
Sanatoriya yo‘nalishi:
- Sil intoksikatsiyasi mavjud bo‘lgan bolalar uchun – 15-20 bola;
- Murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun – 8-10 bola;
- Rivojlanishida boshqacha nuqsonlari (endikrin kasalliklar) mavjud bo‘lgan bolalar uchun – 15-20 bola.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxirida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirish esa o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xalq ta’limini boshqarish organlari yoki qaramog‘ida ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tomonidan komplektlanadi. Maxalliy boshqarish organlari qarori bilan komplektlashning boshqa tartibi kabul qilinishi mumkin.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga va ixtisoslashtirilgan guruhlarga yo‘llash respublika, viloyat, shahar, tuman tibbiy yordam-pedagogika komissiyalari, sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga esa xududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan yo‘llanma beriladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarish xalq ta’limi kengashi tomonidan quyidagi holatlarda: bolaning mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida qolishiga to‘sqinlik qiluvchi tibbiy yordam xulosasi asosida; bola maktabgacha ta’lim muassasasiga sababsiz bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida qelmasa, unga hizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lashning belgilangan muddatidan ikki hafta o‘tib ketsa; ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar xohishiga qarab amalga oshiriladi. Ota-onalar bolaning chiqarilishi haqida 7 kun oldin xabardor qilinadilar.
Ota-onaning ish joyi o‘zgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqarish, agap bu lozimnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kat’iy man etiladi.
Tarbiyachilar va ota-onalarning bu me’yorlariga asoslangan munosabatlari amaldagi qonunchilik va bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinayotganda tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan tuziladi, lozimnoma bilan boshqariladi. Lozimnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan xalq ta’limi kengashiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |