MUNOZARA TEXNOLOGIYASI
Munozara qatnashchilariga eslatma:
Munozara — masalani hal etish, echish usul va uslublarini izlab topishga qaratilmog‘i lozim.
Ko‘p gapirmasdan, boshqalarning so‘zlashiga imkon ber!
Maqsadga erishish yo‘lida hissiyotlaringni jilovlab, pishiq-puxta o‘ylagan holda so‘zla!
Raqiblarning fikr-mulohaza va dalillarini diq qat bilan tingla!
Raqiblarning fikr-mulohazalariga tanqidiy munosabatda bo‘l!
Munozara mavzusi doirasidan chetga chiqmagan holda fikrlaringni bayon et!
Munozarani boshqarish sub’ektlari
Boshlovchi — munozarani oqilona olib borish, ishtirokchilar tomonidan javoblarning asoslanishi, atama va tushunchalarning o‘rinli qo‘llanganini izohlab boradi, ishtirokchilar o‘rtasidagi muloqotni, takdimotlar taqsimotini to‘g‘ri boshqaradi.
Taqrizchi — tomonlarning ma’ruzalarini yo‘nalishlar bo‘yicha taxdil etib, masalaning dolzarbligi, aniq qo‘yilgani, ilmiy jihatdan asoslanishi, fikr-mulohazalarning mantiqiyligi hamda xulosalarning asosli va to‘g‘riligini baholab boradi
Raqib — munozarada ishtirok etadigan bir guruhga muxolif bo‘lgan boshqa guruh yoki guruh a’zosi. U asosiy ma’ruzachining mulohazalarini kuruq tanqid qilish bilan cheklanmasdan, uning qarashlaridagi zaif yoki xato tomonlarini ko‘rsatib berish hamda o‘zining fikrini asoslab berishga intiladi.
Ekspert — munozara jarayoni, jumladan, munozara ishtirokchilari tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, ilgari surilgan xulosalar, taklif va tavsiyalarning izchilligi, haqqoniyligi va samaradorligini baholaydi.
Munozara o‘tkazish reglamenti
Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarini e’lon qiladi.
Ma’ruza 5 daqiqa davom etadi.
Taqrizchiga 2 daqiqa ajratiladi.
Raqib tarafga ma’ruza mavzusi bo‘yicha fikrlarini bayon etish uchun 1—3 daqiqa beriladi.
Yalpi muhokama 5—10 daqiqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |